Biz haqimizda
Akfa Medline klinikasi - yuqori professionallik va bemorlarga g'amxo'rlik. Zamonaviy asbob-uskunalar va malakali mutaxassislar yuqori sifatli tibbiy yordam ko'rsatmoqda.
KELAJAKNING IMKONIYATI KENG TIBBIYOTI
AMUH - O'rta Osiyodagi eng yirik xususiy ko'p tarmoqli tibbiyot markazi murakkab diagnostika, davolash va zamonaviy uskunalar ishtirokida kardiojarrohlik, neyroxirurgik, ortopedik operatsiyalar va yuqori malakali tibbiyot xodimlari.
2017 yilda nafaqat eng zamonaviy klinikani qurish to'g'risida qaror qabul qilindi balki O'zbekiston Respublikasi va butun O'rta Osiyoda chet ell mutaxasislari bilan birgalikda ishlash va sohadagi yetakchi mamlakatlarga sayohatlar amalga oshirildi va natijada olingan bilimlar, eng ilg'or tibbiyot markazini yaratishga va uni jihozlashga imkon berdi Evropa, AQSh, Belgiya, Xitoy va Rossiyada ishlab chiqarilgan eng yangi uskunalar bilan jixozlandi
OLTIN SIFAT BELGISI
AKFA Medline universiteti klinikasi barcha xalqaro standartlarga javob beradi.Tibiyyotda sifat va xavfsizlikning oltin standrati bolgan Joint Commission International (JCI) akkreditatsiya sertifikatiga ega.
- 2020 yilda birinchi akkreditatsiyadan o'tgan va oltin sifat belgisining O'zbekistondagi yagona egalari bo'lgan.
- 2023 yilda reakkreditatsiyadan otib, sertifikat qayta tasdiqlandi bu shundan dalolat beradiki eng yuqori darajadagi tibbiy xizmatlar, professional shifokorlar zamonaviy davo usullari va xalqaro protokollar o'z isbotini topdi.


Tursunkulov Azimdjon Nazirjonovich
AKFA Medline University Hospital Bosh direktori

PROFESSIONALLAR JAMOASI
Tibbiyot markazida 147 dan ortiq malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi, ularning aksariyati — AQSh, Koreyaning ilg'or klinikalarida keng kasbiy tajriba orttirgan tibbiyot fanlari doktorlari va nomzodlari va Evropa, shu jumladan bizga boshqa yetakchi mamlakatlardan taklif qilingan sertifikatlangan shifokorlar.
Klinikada xizmat ko'rsatish sifati va uning samaradorligi to'liq jahon standartlar asosida nazorat qilinadi. Natijada turli bo'limlar va minglab mutaxassislarning birgalikdagi faoliyatining yaxshi muvofiqlashtirilgan sxemasi va butun dunyo bo'ylab mamnun bemorlarning yuqori bahosi.

Ko‘p so‘raladigan savollar
Qabulga yozilish uchun:
- Telefon orqali: +998 71 203-30-03;
- Saytda onlayn-formani to‘ldiring;
- “Aloqa” bo‘limiga kirib, elektron pochta orqali so‘rov yuboring.
Ha, bizning tibbiyot markazimizda tajribali pediatr ishlaydi.
Siz umumiy pediatr yoki tor soha pediatri (neonatolog, bolalar kardiologi va boshqalar)ga qabulga yozilishingiz mumkin.
Biz ayrim sug‘urta polislariga qisman kompensatsiya taklif qilamiz.
Sizning kompaniyangiz hamkorlar ro‘yxatida bor-yo‘qligini aniqlash uchun telefon yoki elektron pochta orqali murojaat qiling.
Biz quyidagi to‘lov usullarini qabul qilamiz:
- Naqd pul (so‘m/rubl/dollar);
- Bank kartalari (Visa, MasterCard);
- Hisob raqamiga o‘tkazma (yuridik shaxslar uchun);
- Onlayn-bank orqali (chek bilan).