Сахарный диабет 2 типа: что нужно знать
Endokrinologiya

2-tur qandli diabet: Bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar

O’zi bu qanday kasallik?

Kimlarda uchraydi?

Belgilari, tashxis qo’yish va Davolash yo’llari qanday?

O'zingiz yoki yaqinlaringiz uchun ushbu kasallikka oid savollarga javob izlayapsizmi? Biz aynan shu maqsadda sizga eng ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish uchun shu yerdamiz.

Qandli diabet o’zi nima?

Qandli diabet — bu qondagi qand (glyukoza) miqdorini tartibga soluvchi insulin gormoni organizmda yetarli darajada ishlab chiqilmaganda yoki organizm ushbu gormondan samarali foydalana olmaganda yuzaga keladigan surunkali kasallikdir. Diabet asosan ikki turga bo'linadi: 1-tur va 2-tur diabet.

Dunyoda qancha odam bu kasallik bilan yashaydi?

Bugungi kunda dunyo bo'ylab qandli diabet bilan yashayotgan odamlar soni 450 milliondan oshadi. Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, bu raqam 2045-yilga borib 700 millionga yetishi mumkin. Diabet epidemiyasi ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda keskin ortib bormoqda.

Oshqozon osti bezi

Oshqozon osti bezi qorin bo'shlig'ida joylashgan kichik organ bo'lib, u ovqat hazm qiluvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga insulin va boshqa muhim endokrin gormonlarni ishlab chiqarish ham uning vazifasiga kiradi.

Insulin nima va funksiyasi

Insulin oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariladigan gormon bo'lib, uning asosiy vazifasi qondagi glyukozani hujayralarga kirib, energiya manbai sifatida ishlatilishiga yordam berishdir. Insulin yetishmaganda yoki samarali ishlamaganda qondagi glyukoza miqdori oshib ketadi, bu esa qandli diabetga olib keladi.

Kasallik prognozi qanaqa?

Qandli diabet bilan yashayotgan odamlar to'g'ri davolash va profilaktika choralariga rioya qilsalar, to’laqonli sog'lom hayot kechirishlari mumkin. Ammo kasallikni nazorat qilmaslik og'ir asoratlar, jumladan, yurak-qon tomir kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi, oyoq amputatsiyasi va hattoki ko’rlikkacha olib kelishi mumkin.

Diabet sabablari

Qandli diabet genetik omillar, noto'g'ri ovqatlanish, kamharakatlik va ortiqcha vazn sababli yuzaga kelishi mumkin. 

Boshqa sabablar orasiga: 

  • yuqori qon bosimi
  • yuqori xolesterin darajasidan tortib, 
  • polikistik tuxumdon sindromi (PCOS) kabi ginekologik kasallliklar ham kirishi  mumkin.

2-tip diabet ko'proq yoshi katta bemorlarda uchraydi va asosan organizmning insulinga bo'lgan sezuvchanligi pasayishi bilan bog'liq. Oshqozon osti bezidan insulin ishlab chiqarish davom etsa-da, hujayralarning insulingga nisbatan sezgirligi yo'qoladi

Qondagi shakar miqdori oshishi qanday oqibatlarga olib keladi?

Qondagi qand miqdorining oshishi asosan mayda qon tomirlarni zararlaydi. Qon tomirlari tanamizning  barcha qismida bo’lgani uchun sekin asta asab tizimi, buyraklar, ko'zlar va yurak kabi organlarga zarar yeta boshlashi mumkin. Vaqtida oldi olinmagan bunday asoratlar o'limga ham olib kelishi mumkin. 

Kasallikka olib boruvchi omillar

  • Ortiqcha vazn
  • Kamharakatlik
  • Noto'g'ri ovqatlanish
  • Genetik moyillik
  • 45 yoshdan yuqori kishilar
  • Tuxumdon polikistik sindromi (PCOS) va boshqalardir

Diabet simptomlari

Barcha diabet turlari uchun umumiy simptomlar:

  • Tez-tez peshobga chiqish
  • Haddan tashqari tez chanqash
  • Vazn yo’qotish
  • Doimiy charchoq
  • Ko'rish qobiliyatining pasayishi
  • Yaralar sekin bitishi
  • Terining quruqlashishi va qichishi

Diabet qanday tashxislanadi?

Qandli diabetni tashxisini qo’yishning bir nechta asosiy usullari mavjud.

Avvalo, shifokorlar qondagi glyukoza darajasini aniqlash uchun qon tahlillarini o'tkazadilar.

Och qoringa qondagi glyukoza miqdorini o'lchash eng keng tarqalgan usullardan biridir.

Bunda bemor kamida 8 soat ovqatlanmagan holda qonda glyukoza darajasi aniqlanadi. Agar bu miqdor 126 mg/dl yoki undan yuqori bo'lsa, diabet tashxisi qo'yiladi.

Bunda bemor kamida 8 soat ovqatlanmagan holda qon tahlilini topshiradi va qondagi glyukoza miqdori aniqlanadi. Agar bu miqdor 126 mg/dl yoki undan yuqori bo'lsa, qandli diabet tashxisi qo'yiladi.

Shuningdek, to’q qoringa olingan qondagi glyukoza miqdorini o’lchash ham muhim. Bu o'lchovlar bilan bemor taom iste’mol qilgandan so'ng qondagi glyukoza miqdori qanchalik oshishini kuzatish mumkin. Agar bu holatda glyukoza miqdori 200 mg/dl yoki undan yuqori bo'lsa, bu ham diabet belgisi hisoblanadi.

Bundan tashqari, HbA1c testi o'tkaziladi, bu test oxirgi 2-3 oy davomida qondagi o'rtacha glyukoza miqdorini aniqlaydi. HbA1c darajasi 6.5% yoki undan yuqori bo'lsa, diabet tashxisi qo'yiladi.

Bu test qandli diabetni aniqlashda va kasallikni nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega.

Qanday davo choralari bor?

Hozirgi vaqtda, qandli diabetni to'liq davolovchi vosita mavjud emas, ammo kasallikni nazorat ostida ushlab turish uchun ko'plab davo choralari mavjud. Bundan maqsad qondagi glyukoza miqdorini normal darajada ushlab turish va asoratlarni oldini olishdir.

Buning bir nechta usullari mavjud.

Bu turli xil dorilarni qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Masalan, metformin tarkibidagi dori vositalar hujayralarni insulinga nisbatan sezgirligini oshiradi va shu yo’l bilan qondagi glyukozani hujayralar ichiga kirgazishda yordam beradi. Shuningdek, sulfonilurea tarkibidagi dori vositalari va boshqa dorilar ham mavjud bo'lib, ular oshqozon osti bezini ko'proq insulin ishlab chiqarishga undaydi

Ba’zi bemorlarda uchun insulin terapiyasi talab qilinadi. Insulin inyeksiyalari yoki insulin nasoslari yordamida bemorlar qondagi glyukoza miqdorini nazorat qilishlari mumkin. Insulin nasoslari doimiy ravishda insulinni ta'minlash orqali qondagi glyukoza darajasini barqaror ushlab turishga yordam beradi.

Bundan tashqari, diabetni nazorat qilishda muhim rol o'ynaydigan dieta va jismoniy mashqlar ham mavjud. Sog’lom ovqatlanish va muntazam jismoniy faoliyat ham qondagi glyukoza darajasini nazorat qilishda muhimdir.

Kamdan-kam hollarda, oshqozon osti bezi transplantatsiyasi ham o'tkazilishi mumkin. Bu operatsiya odatda og'ir qandli diabet holatlarida qo'llaniladi va transplantatsiyadan so'ng bemorlar insulinga bo'lgan ehtiyojdan qutulishlari mumkin. Ammo bu opertsiya juda kamdan kam hollarda 100% samarali bo’lib chiqadi

Qandli diabet bilan yashashda eng muhim narsa — shifokor maslahatlariga qat'iy rioya qilish, dori-darmonlarni o'z vaqtida qabul qilish va muntazam ravishda qondagi glyukoza miqdorini nazorat qilishdir. Diabet bilan qanday yashash mumkinligi haqida ma'lumotlarni o'rganish va sog'lom hayot tarzini tanlash kasallikni boshqarishda katta ahamiyatga ega.

Chiqish qismi

Agar qandli diabet haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni istasangiz, AkdaMedline.org saytiga tashrif buyurib, to'liq ma'lumot olishingiz mumkin. 

Bizga sizning sog’ligingiz juda muhim.

Bugunoq biz bilan bog‘laning!

Ish vaqti

Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00

Shanba: 09:00 – 14:00

Yakshanba: Dam olish kuni

AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE