
Gripp: Belgilari, davolash va oldini olish
O’zi gripp nima?
Kimlarda uchraydi?
Belgilari, tashxis qo’yish va davolash yo’llari qanday?
O'zingiz yoki yaqinlaringiz uchun ushbu kasallikka oid savollarga javob izlayapsizmi? Biz aynan shu maqsadda sizga eng ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish uchun shu yerdamiz.
Shamollash bu dunyo bo’ylab eng ko’p tarqalgan kasallik bo’lib, kattalarda yiliga 2-3 marotaba, bolalarda esa 8-12 marotabagacha kuzatilishi mumkin. Shamollashga deyarli har doim viruslar sabab bo’ladi. Eng ko’p uchraydigan virus turi rinovirus hisoblanadi.
Virus insondan insonga turli xil yo’llarda yuqishi mumkin. Masalan
To‘g‘ridan-to‘g‘ri teginish:
Shamollagan insonlar odatda virusni qo‘llarida tashiydi. Virus teri ustida kamida ikki soat davomida tirik qolishi va boshqa insonni zararlashi mumkin. Shuning uchun, agar bemor kimningdir qo‘lini siqsa va u inson keyin o‘z ko‘zi, burni yoki og‘ziga tegsa, virus bilan zararlanishi ehtimoli ortadi.
Yuzalardagi virus zarralaridan yuqish:
Ba’zi shamollash viruslari jismlar yuzalarida masalan, oshxona stoli, eshik tutqichi yoki telefonda bir necha soat davomida yashab qolishi mumkin.
Va albatta nafas yo’li orqali
Shamollagan inson virus zarrachalarini o‘z ichiga olgan tomchilarni nafas olish, yo‘talish yoki aksirish orqali havoga chiqarib turishimumkin. Bu tomchilar yaqin masofada turgan insoning ko‘zi, burni yoki og‘ziga tegsa, viruslar o’sha insonga ham yuqishi mumkin. Shu sababdan, yo‘talayotganda yoki aksirayotganda og‘izni yopish boshqalarga yuqtirish xavfini kamaytiradi.
Kasallik belgilari qanday?
Shamollash yoki grippda eng ko’p uchraydigan belgilarga
- burun bitishi,
- burun oqishi,
- tez-tez aksirish kabilar kiradi.
Bu belgilar boshlanishidan oldin, tomoq og’rig’i ham kuzatilishi mumkin. Burun bitishi va oqishi odatda kasallikning beshinchi kunlarida o’tib ketadi. Keyin esa yo’tal boshlanishi ham mumkin. Ba’zi hollarda bemorlarda isitma chiqishi ham kuzatiladi.
Ko’p holatlarda shamollash 3-7 kun oralig’ida o’tib ketadi. Ba’zi insonlarda esa burun bitishi, yo’tal va aksirish kabi simptomlar yengil ko’rinishda ikki haftagacha saqlanib qolishi mumkin.
Shuningdek, ba’zan shamollashga sabab bo’luvchi viruslar nafas yo’llarini shishiga va ikkilamchi bakterial infeksiya rivojlanishiga olib keladi. Bunga misol qilib, burun yo’li, o’pka yoki o’pka yo’lidagi shamollashlar, quloq yallig’lanishini keltirish mumkin.
Tashxis qo’yish yo’llari qanday?
Gripp tashxisi klinik belgilarga asoslanib qo’yiladi. Bu nimani anglatadi? Ya’ni shifokor asosan bemor shikoyatlariga asosan bu tashxisni qo’yadi. Odatda, shifokor belgilar qachon boshlanganini va qanday rivojlanayotganini bilish maqsadida qo’shimcha savollar berishi mumkin. Aksariyat hollarda, hech qanday qon tahlili, laboratoriya tekshiruvlari kerak bo’lmaydi.
Shamollashni davolashda ma’lum bir standart mavjud emas va odatda hech qanday davo vositalarisiz ham o’tib ketadi. Lekin, e’tibor berish kerak bo’lgan jihat shunda-ki, antibiotiklar shamollashda foyda bermaydi. Aksincha, oddiy shamollashda antibiotik ichish turli xil allergik reaksiyalar, diareya (ya’ni ich ketishi), oshqozon-ichak sistemasi buzilishlari kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Barcha davolash yo’llari bemorning umumiy holatini yaxshilashga qaratiladi. Masalan:
1. Og’riq qoldiruvchi dorilar: tomoq og’rig’i, bosh og’rig’i va isitma uchun asetaminofen yoki steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilarni qabul qilish mumkin.
2. Antigistamin va burun devorini kengaytiruvchi spreylar vaqtinchalik burun bitishini ketkazish uchun ishlatiladi. Ammo bu spreyni uch kundan ortiq ishlatish tavsiya berilmaydi. Sababi, 3 kundan ortiq ishlatish burunni doimo bitib qolishiga olib kelishi mumkin.
3. Cromolyn sodium ingalatorlari - tomoq og’rig’i, yo’tal va burun oqishini kamaytiradi.
4. Asal va limon choy
5. Burunni oddiy Natriy xlor (NaCl) eritmasida chayish.
Shamollashni oldini olish uchun albatta gigiyena qoidalarga rioya qilish kerak. Ayniqsa,
- qo’lni sovunlab yuvish
- qo’l uchun maxsus tozalagichlar ishlatish
- Ko’z, burun va og’izni kir qo’l bilan ushlamaslik.
- Yo’tal va aksirish paytida ro’molcha va maskalar bilan yopish kasallik tarqalishini kamaytiradi.
Bizga sizning sog’ligingiz juda muhim.
Agar shu kabi qiziqarli, tibbiy ma’lumotlarga ega boʻlishni istasangiz, bizni Med 36.6 sahifasida kuzatib boring.
Bizga sizning sog’ligingiz juda muhim.
Bugunoq biz bilan bog‘laning!
Ish vaqti
Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00
Shanba: 09:00 – 14:00
Yakshanba: Dam olish kuni