
Oshqozon osti bezi saratoni: Sabablari, belgilari va davolash
O’zi bu qanday kasallik?
Kimlarda uchraydi?
Belgilari, tashxislash va davolash usullari qanday?
O'zingiz yoki yaqinlaringiz uchun ushbu kasallikka oid savollarga javob izlayapsizmi? Biz aynan shu maqsadda sizga eng ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish uchun shu yerdamiz.
Keling, avvalo oshqozon osti bezi qanday a’zo ekanligi haqida bir oz to’xtalib o’tsak. Ushbua’zo yurak, miya kabi ko‘p ham o’ziga e’tiborni tortmasa-da, inson tanasida juda muhim vazifanibajaradi. Uni sahnaning orqasida ishlaydigan yashirin xodimga o‘xshatish mumkin. Baliqshaklidagi bu kichik a’zo oshqozoningiz orqasida joylashgan bo‘lib, ovqatni hazm qilishgayordam beruvchi fermentlarni va qondagi qand miqdorini boshqaruvchi gormonlarni muntazamishlab chiqaradi.
Oshqozon osti bezi saratoni odatda oshqozon osti bezi naychalarida paydo bo‘ladi. Hujayradarajasida o’zgarish yuzaga kelganda, masalan DNKdagi kichik o‘zgarishlar yoki mutatsiyalarhujayralarning normadan ko’proq ko‘payishiga va o‘smalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Agar o’zvaqtida davolanmasa, bu saraton hujayralari tananing boshqa qismlariga tarqalishi mumkin. Buesa vaziyatni yanada murakkablashtirib yuboradi.
Kimlarda uchraydi?
Oshqozon osti bezi saratoni har kimda uchrashi mumkin, ammo ayrim insonlar ushbu kasallikdayuqori xavf guruxiga kiradilar.
Eng katta xavf omili nima? Bu - albatta yosh. Ko’pchilik bemorlarda bu saraton turi 65 yoshdankeyin uchraydi. Biroq, bu kasallik rivojlanish ehtimolligini oshirib yuboruvchi boshqa omillarham bor: Masalan
- Chekish
- Qandli diabet
- Surunkali pankreatit (ya’ni oshqozon osti bezining uzoq muddat davomidagi yallig‘lanishi)
- Oila a’zolarda yoki yaqin qarindoshlarda saraton kasalliklarini kuzatilganligi
- Ba’zi genetik kasalliklar
- shuningdek ortiqcha vazn ham bu kasallikni rivojlantiruvchi omillar sirasiga kiradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, chekish, qandli diabet va noto‘g‘ri ovqatlanish kabi xavf omillarining birgalikda kelishi oshqozon osti bezi saratoni xavfini yanada ko‘proq oshiradi.
Kasallikning qanday belgilari bor?
Afsuski, oshqozon osti bezi saratoni ko‘pincha dastlabki bosqichlarda hech qanday belgilar bilannamoyon bo’lmaydi. Shuning uchun kasallikni vaqtida aniqlash juda qiyin. Odatda, kasallikbelgilarini namoyon bo’lishi, bu kasallik og’irroq bosqichda ekanligini ko’rsatadi. Ushbu belgilarquyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
Masalan, qorindagi o’g’riqlarning bel sohasiga kamarsimon tarqalishi
- Ishtahaning yo‘qolishi
- Sababsiz vazn yo‘qotish
- Teri yoki ko‘zlarning sarg‘ayishi
- Axlatning rangi ocharishi,
- Siydik rangining esa to’qarishi
- Teri qichishi
- Qondagi qand miqdori nazoratini qiyinlashishi
- Va shuningdek holsizlik kabi belgilarni o’z ichiga olishi mumkin.
Agar ushbu belgilardan bir yoki bir nechtasini o’zingizda his qilayotgan bo’lsangiz, zudlik bilanshifokorga murojaat qiling.
Tashxislash yo’llari qanday?
Agar shifokoringiz oshqozon osti bezi saratoni sizda bo’lishi mumkin deb o’ylasa, tashxisnitasdiqlash yoki inkor etish uchun bir qator tekshiruvlar o‘tkazishni tavsiya qiladi. Bundaytekshiruvlarga:
Ultratovush tekshiruvi, Kompyuter Tomografiyasi, MRT, yoki PET-KT kabi ichki a’zolardagi harqanday o’zgarishni aniqroq ko‘rsata oladigan tasvirlash usullari kiradi.
Shuningdek, endoskopik ultratovush tekshiruvi ham. Ushbu tekshiruvda, oshqozon osti bezinianiqroq ko‘rish uchun qizilo‘ngach orqali kichik kamera kiritiladi va oshqozon osti bezi faoliyatio’rganiladi. Ba’zi holatlarda, shifokor bu tekshiruv paytida to‘qimadan namuna ham olishimumkin. Bu namunani mikroskopik tekshiruvdan o’tkazish orqali saraton hujayralari bor yokiyo’qligini aniqlash mumkin bo’ladi.
Va albatta qon tahlili. Shifokorlar qonda CA 19-9 kabi o’sma markerlari miqdorini tekshiradilar, chunki bu markerlarni qonda yuqori darajada bo’lishi oshqozon osti bezi saratoni borliginiko‘rsatishi mumkin.
Tashxis qo’yilganidan so‘ng, keyingi qadam saraton bosqichini aniqlash. Buning uchun ham qo’shimcha tekshiruvlar o’tkazilishi mumkin. Bularning barchasi, shifokorlarga siz uchun engto’g’ri davolash yo’lini tanlashga yordam beradi. Shu sababdan, bu jarayonda o’zingizniqiziqtirgan savollarni shifokorlardan so’rashga aslo ikkilanmang. Bu kasallik haqida ko’proqishonchli ma’lumotlarga ega bo’lishinigiz, o’zingiz uchun to’g’ri qaror qabul qilishga yordamberadi.
Davolash yo’llari qanday?
Siz uchun eng to’g’ri davolash yo’lini aniqlashda, shifokorlar umumiy salomatligingizni, saratonbosqichini va albatta sizning xohish-istaklaringizni inobatga oladi. Davolash usullariquyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Kimyo terapiyasi: Bu dori vositalari butun tanangizdagi saraton hujayralariga qarshi tasir qiladiva ularga qarshi kurashadi.
Nur terapiyasi: Saraton hujayralarini yo‘q qilish uchun yuqori aniqlikdagi nurlar to’g’ridan-to’g’ri o‘smaga yo‘naltiriladi.
Jarrohlik amaliyoti: Ba’zi holatlarda o‘sma va uning atrofidagi to‘qimalarni olib tashlash orqalikasallikka qarshi kurashish mumkin.
Klinik tadqiqotlar: Hozirda tibbiyot jadal rivojlanmoqda, yangi davolash usullari kundan-kungaommaga taqdim etilmoqda. Shu sababdan yangi davolash yo’llarini sinab ko’rish uchunshifokoringiz bilan maslahatlashishingiz va shunday tadqiqotlarda qatnashishingiz mumkin.
Va nihoyat Palliativ yordam: Agar kuchli og‘riq yoki boshqa noxush belgilarni his qilsangiz, mutaxassislar guruhi og’riqlarni yengillashtirish va hayotingiz sifatini yaxshilash uchun zaruryordamlarni ko’rsatadilar.
Bunday kasallik tashxisini eshitish, bemor uchun ham, uning yaqinlari uchun ham juda og‘irbo‘lishi mumkin. Shu sababdan, bemorlarga avvalo bu kasallik haqida ko’proq ma’lumotlargaega bo’lishni tavsiya beramiz. Bu sizda davolanish jarayonida o‘zingizga bo’lgan ishonchingiznioshiradi. Eng muhimi, oila a’zolaringiz va do’stlaringizdan yordam so’rashga hech qachontortinmang.
Bizga sizning sog’ligingiz juda muhim.
Agar shu kabi qiziqarli, tibbiy ma’lumotlarga ega boʻlishni istasangiz, bizni Med 36.6 sahifasidakuzatib boring.
Bizga sizning sog’ligingiz juda muhim
Bugunoq biz bilan bog‘laning!
Ish vaqti
Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00
Shanba: 09:00 – 14:00
Yakshanba: Dam olish kuni