Ишемическая болезнь сердца (ИБС)
Kardiologiya

Yurak ishemik kasalligiga

 

 

O’zi bu qanday kasallik?

Kimlarda uchraydi? 

Belgilari, tashxis qo’yish va Davolash yo’llari qanday?

O'zingiz yoki yaqinlaringiz uchun ushbu kasallikka oid savollarga javob izlayapsizmi? Biz aynan shu maqsadda sizga eng ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish uchun shu yerdamiz.  

Yurak isshemik kasalligi yoki (ko’cha nomi kerak), o’z nomidan ko’rinib turibdiki, yurak bilan bo’gliq kasallik hisoblanadi. Bu O’zbekistonda eng ko’p tarqalgan yurak kasallik turi hisoblanib, Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti tadqiqotlariga ko’ra, O’zbekistondagi bir yil ichidagi jami o’limlarning 43% aynan shu kasallik tufaylidir. 

Bu kasallik odatda yurak shoxli yoki koronar arteriyalari yurak muskullarini yetarli miqdorda qon, kislorod va ozuqa moddalari bilan ta’minlay olmaganda sodir bo’ladi. Bunga deyarli har doim, xolesterin yig’ilib qolishi yoki blyashkalar eng asosiy sabab hisoblanadi. Ushbu birikmalar qon tomirlarni toraytirib, yurakka qon oqimini kamaytiradi. Bu ko'krak qafasidagi og’riq, nafas qisilishi va hattoki yurak xurujiga olib kelishi mumkin. Yurak Isshemik Kasalligi odatda uzoq vaqt davomida astasekinlik bilan rivojlanadi, shu sababdan ko’plab bemorlar klinik belgilarni his qilmagunlaricha ularda shunday kasallik borligini bilmaydilar. 

 

Har bir inson Yurak Isshemik Kasalligiga chalinishi mumkin. 

Bu kasallik arteriyalar devorlarida yog'lar, xolesterin va boshqa moddalar to’planishi bilan boshlanadi. Bu jarayon ateroskleroz deb ataladi. Odatda, bu haqida tashvishlanmasa ham bo’ladi. Ammo, bu moddalarning haddan ortiq ko’p yig'ilishi natijasida qon oqimi to’silib qolishi mumkin. 

Yurak Isshemik Kasalligiga olib kelishi mumkin bo’lgan bir qator xavf omillari mavjud. 

  • Avvalo, yosh ulg’ayishi: yosh o’tishi bilan arteriyalar ko’proq shikastlanadi va toraya boshlaydi, bu esa kasallik rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
  • Shuningdek, erkaklarda ayollarga nisbatan kasallik rivojlanish xavfi yuqoriroq hisoblanadi. Lekin ayollarda esa menopauzadan keyin bu kasallikka chalinish xavfi oshishni boshlaydi.
  • Boshqa qo’shimcha surunkali kasalliklar ham bu kasallik rivojlanashida rol o’ynaydi.
  • Yuqori qon bosimi, qon tomirlarini qalinlashtirib, qon oqimini pasaytirishi mumkin.
  • Yuqori xolesterin darajasi esa blyashkalar yig'ilishini tezlatib yuboradi.
  • Qandli diabet va albatta ortiqcha vazn ham kasallik rivojlanishi xavfini oshiradi.  

Hayot tarzingiz ham katta ahamiyatga ega. Jismoniy faollikning kamligi, uzoq davom etuvchi stress, nosog'lom ovqatlanish va chekish kasallik rivojlanish xavfni oshiradi. 

Va albatta, oila a’zolaringizda yoki yaqin qarindoshlaringizda erta yoshda yurak kasalligi tashxis qo'yilgan bo'lsa, sizda bu kasallikning rivojlanish xavfi yuqori bo'ladi. Ushbu omillarning barchasi birgalikda Yurak Isshemik Kasalligiga chalinish xavfingizni ko’rsatib beradi.

 

Yurak qon tomirlari torayganda, yurakka yetarli miqdorda kislorodga to’yingan qon yetib bormaydi. E’tibor berish kerak bo’lgan jihat shunda-ki, yurak nafaqat boshqa organlarni, shuningdek o’zini ham qon bilan ta’minlashi kerak. Agar yurak kam miqdordagi qon bilan ko'proq ishlashiga to’g’ri kelsa, ko’krak qafasingizda bosim yoki siquvchi og’riq belgilarini sezishni boshlaysiz. Bu og'riq stenokardiyadeb ataladi. Bunda, go'yo-ki kimdir ko'kra qafasingizni bosib turgandek his qilishingiz mumkin. Agar yuragingiz tanangiz ehtiyojlari uchun yetarli miqdorda qon haydab berolmasa, sizda nafas qisishi yoki jismoniy faoliyatlar paytida haddan tashqari charchoq paydo bo'lishi mumkin. Agar qon tomiri to'liq yopilib qolsa, bu yurak xurujiga olib keladi.  

Yurak xurujining klassik belgilariga ko'krak qafasidagi ezuvchi og'riq, yelka yoki qo'llingizda og'riq, nafas qisishi va terlash kiradi. Ammo ko'plab yurak xurujlari minimal yoki hech qanday belgilarga ega bo'lmaydi va odatdagi tekshiruvlar paytida aniqlanishi mumkin

Yurak Isshemik Kasalligini (YIK) tashxisi avvalo shifokoringiz bilan bo’ladigan suhbatda boshlanadi. Shifokor tibbiy tarixingizni ko'rib chiqishi, umumiy tekshiruv o'tkazishi va  qon tahlillarini topshirishni buyurishi mumkin. Natijalarga qarab, ular quyidagi testlardan bir yoki bir nechtasini tavsiya qilishlari mumkin: 

elektrokardiogramma yoki EKG,  yurakning tovush to'lqinli tekshiruvi yoki exokardiogramma,  stress testi,  yurak kateterizatsiyasi va angiografiya yoki yurak kompyuter tomografiyasi (KT). 

Yurak Isshemik Kasalligini davolash odatda hayot tarzini o’zgartirish orqali boshlanadi. Bu sog'lom ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik, ortiqcha vazndan xalos bo’lish, stress darajasini kamaytirish va albatta chekishni tashlash bo'lishi mumkin. Yaxshi tarafi shundaki, bu o'zgarishlar sizning salomatligingizni sezilarli darajada yaxshilaydi. Sog'lom turmush tarzi, sog'lom qon tomirlari ham deganidir. Zarur bo'lganda, davolash aspirin, xolesterin miqdorini o'zgartiruvchi dorilar, beta-blokatorlar, angioplastika yoki yurak qon tomirlarini shuntlash kabi tibbiy muolajalarni o'z ichiga olishi mumkin. 

Albatta sizda Yurak Isshemik Kasalligi borligini aniqlanishi, sizni tushkin ahvolga solishi mumkin. Ammo aslo tushkunlikka tushmang. Bu kasallikni boshqarishning bir nechta samarali yo’llari bor. Xolesterin miqdorini kamaytirish, qon bosimini normada saqlash, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik, sog'lom ovqatlanish, jismoniy mashqlar qilish va stressni boshqarish sog’ligingizni tubdan yaxshilashi mumkin. Yuragingiz qanchalik sog’lom bo’lishi bu sizning qo’lingizda. Shunday ekan, Yurak Isshemik Kasalligi haqida ko’proq ma’lumotlar olishga, shifokorlardan savollar so’rashga aslo aslo ikkilanmang. … 

 

Agar ushbu kasallik haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni istasangiz, AkfaMedline.org saytiga tashrif buyurib, to'liq ma'lumot olishingiz mumkin.

Bizga sizning sog’ligingiz juda muhim.

Bugunoq biz bilan bog‘laning!

Ish vaqti

Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00

Shanba: 09:00 – 14:00

Yakshanba: Dam olish kuni

AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE