Bolalar yurak jarrohligi bo‘limi
AMUH yurak jarrohligi markazi barcha xalqaro standartlarga mos yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan. Xususan, anesteziologiyada dori bilan uxlatish (medikamentoz uyqu) vaqtida anesteziya darajasini aniqlash uchun BIS-monitoring qo‘llaniladi. Shuningdek, yurakni 3D vizualizatsiya qilish uchun MSKT tomograf mavjud.
Bolalar yurak jarrohligi bo‘limida tug‘ma yurak nuqsonlari bilan bog‘liq barcha turdagi yurak jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi. Bolalar yurak jarrohlaridan iborat jamoamiz hatto eng murakkab tug‘ma yurak nuqsonlarini ham, jumladan bir necha bosqichli operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajara oladi – bu tajribaga Markaziy Osiyodagi kam sonli markazlar ega. Shifokorlarimizning yuqori professionalligi va zamonaviy uskunalar har qanday murakkablikdagi operatsiyalarni o‘tkazishga imkon beradi.
Mutaxassislarimiz ilg‘or usullar va texnologiyalardan foydalanib, xavflarni minimallashtiradi va davolanish natijalarini yaxshilashga erishadi. Biz har bir kichik bemorga g‘amxo‘rlik qilamiz va uning tezroq sog‘ayib ketishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.