Nevrologiya bo‘limi
Muvaffaqiyat kaliti: AKFA Medline University Hospital’da nevrologiya
Bo‘lim zamonaviy diagnostika imkoniyatlariga ega bo‘lib, bu nevrologik kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashning optimal strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Zarurat bo‘lsa, jarayonlarga qon tomir jarrohligi va vertebrologiya mutaxassislari jalb qilinadi.
Asosiy afzalliklar:
Bemorning barcha individual xususiyatlarini hisobga olgan holda puxta diagnostika o‘tkaziladi:
- Laboratoriya tekshiruvlari
- Multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT)
- Magnit-rezonans tomografiya (MRT)
- Kompyuter tomografiyasi (KT)
- Miyaning angiografiyasi
- Elektroensefalografiya (EEG)
Bo‘limda tajribali shifokorlar jamoasi ishlaydi, ular Yevropa va AQSH’ning yetakchi klinikalarida ish tajribasiga ega.
Mutaxassislar konsultatsiyalari:
- Nevrolog
- Fizioterapevt
- Reabilitolog
Yuqori malakali shifokorlar tajribasi va innovatsion usullar eng murakkab nevrologik va umurtqa kasalliklarini ham samarali davolash imkonini beradi:
- Osteoxondroz
- Orqa umurtqa diski churrasi
- Skolioz, kifoz, lordoz
- Bosh og‘rig‘i, migren, bosh aylanishi
- Nevritlar, nevralgiyalar, nerv yallig‘lanishlari
- Miya qon aylanishi buzilishlari
- Insultdan keyingi reabilitatsiya
- Umurtqa operatsiyalaridan keyingi reabilitatsiya
Barcha innovatsiyalar bemorlar uchun ochiq:
- Klinikamiz dunyoga mashhur fan doktorlari va professorlari bilan hamkorlik qiladi
- Nevrologik kasalliklarni davolashda zamonaviy va xalqaro usullar qo‘llaniladi
- Yuqori texnologik diagnostika protseduralari yordamida patologiya aniqlanadi va uning tarqalishi baholanadi
Asosiy protseduralar va amaliyotlar:
- An’anaviy va KT navigatsiyali davolash blokadalari
- Botulinoterapiya
- KT navigatsiyali radiochastotali ablyatsiya (RChA)
- Nerv ildizlarini dekompressiya qiluvchi neyroxirurgik amaliyotlar
Reabilitatsiya va multidisipliner yondashuv:
Fizioterapevt, reabilitolog, logoped va psixolog bilan birga bemorlarni reabilitatsiya qilish imkoniyati mavjud.