Umumiy terapiya bo‘limi
Muvaffaqiyat kaliti: AKFA Medline University Hospital’da umumiy terapiya
Oddiy kasalliklarni aniqlash va davolashdan tashqari, Umumiy terapiya markazi mutaxassislari quyidagi profilaktik yordamlarni ham ko‘rsatadilar: rejalashtirilgan ko‘riklar, sog‘liq uchun xavf omillarini baholash, emlash, har bir yosh uchun xos kasalliklarni skrining qilish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini saqlash bo‘yicha individual maslahatlar.
Asosiy afzalliklar:
Barcha bemorlar uchun individual xususiyatlarni inobatga olgan holda puxta diagnostika o‘tkaziladi:
- Laboratoriya tekshiruvlari
- Elektrokardiografiya (EKG)
- Tredmil-testi
- Yurak UZI
- Multispiral kompyuter tomografiyasi
- Ezofagogastroduodenoskopiya
- Kolonoskopiya
Bo‘limda tajribali shifokorlar jamoasi ishlaydi, ular muntazam ravishda malaka oshirib, Yevropa va AQSH’ning yetakchi klinikalarida ish tajribasiga ega.
Mutaxassislar konsultatsiyalari:
- Terapevt
- Gepatolog
- Gastroenterolog
- Endokrinolog
- Nevropatolog
Barcha bemorlar zamonaviy tavsiyalar va isbotlangan tibbiyot protokollariga muvofiq davolanadi:
- Ovqat hazm qilish tizimi surunkali kasalliklari
- Yurak-qon tomir tizimi surunkali kasalliklari
- Buyraklarning surunkali kasalliklari
- Nafas olish tizimi kasalliklari
- Jigar va o‘t pufagi kasalliklari
- Endokrin tizim kasalliklari
- Qon kasalliklari
Bemorlar uchun umumiy terapiya sohasidagi barcha innovatsiyalar mavjud:
- Klinikamiz dunyoga mashhur fan doktorlari va professorlari bilan hamkorlik qiladi
- Bemorlar tekshiruvlarni ham ambulator, ham shinam sharoitdagi statsionar tarzda o‘tishi, shuningdek, ekspress-diagnostika (Check-up) dasturlaridan foydalanish imkoniyatiga ega
- Terapiya bo‘limi shifokorlari kasalliklarni oldini olish va erta bosqichda aniqlash, davolash imkonini beruvchi profilaktik tibbiyot tamoyillaridan foydalanadilar.