Ortopediya va travmatologiya bo‘limi
Muvaffaqiyat omili: AKFA Medline University Hospital’da tayanch-harakat tizimi kasalliklarini davolash
AMUH travmatologiya va ortopediya bo‘limida biz bemorlarning tayanch-harakat tizimi kasalliklari bo‘yicha diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning keng spektrini taklif etamiz.
Bizning yuqori malakali mutaxassislarimiz
Bo‘lim boshlig‘i, t.f.n. Babakulov A.Sh. va uning jamoasi ilmiy faoliyat bilan faol shug‘ullanadi, yetakchi jurnallarda maqolalar chop etadi va xalqaro konferensiyalarda qatnashadi.
Tayanch-harakat tizimi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga konservativ va jarrohlik davolashni amalga oshiradi, jumladan:
- Toza yaralarni bog‘lash
- Bo‘g‘im ichiga inyeksiya
- PRP terapiya
- UZI nazorati ostida kistalarni olib tashlash
- Bo‘g‘imlarni yuvish
- Operatsiyadan so‘ng bo‘g‘imlarni ishlab chiqish
- Son va tizza bo‘g‘imlarining to‘liq endoprotezlanishi
- Tizza bo‘g‘imining yarim endoprotezlanishi
- Katta bo‘g‘imlarda artroskopik operatsiyalar
- Oldingi, orqa va yon bog‘lamlarni artroskopik tiklash
- Uzun naycha suyaklarni osteosintezi
- Barcha suyak va bo‘g‘imlarga korreksion osteotomiya
- Qo‘l va oyoqda operatsion muolajalar
- Yirik bo‘g‘imlarga, mushak va bog‘lamlarga ildiz hujayralarini kiritish
Bo‘lim yetakchi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi:
- Professor Torsten Kluba (Germaniya) — kattalarda har qanday noyob operatsiyalar
- t.f.n. Ahpashev Aleksandr Anatolyevich (Rossiya) — yelka bo‘g‘imida artroskopik operatsiyalar
- Professor Taner Bekmezchi (Turkiya) — kattalarda har qanday ortopedik operatsiyalar
Bemorlarni operatsiyadan keyingi erta davrda statsionarda reabilitatsiya qilish imkoniyatini taklif etadi.
Boshqa soha shifokorlari bilan hamkorlikda keng qamrovli davolash uchun birgalikda maslahatlashish imkoniyatini ta’minlaydi.
To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun zarur bo‘lgan barcha tadqiqotlar o‘tkaziladi.
AMUH travmatologiya va ortopediya bo‘limida biz bemorlarimizga sog‘lig‘ini va harakat quvonchini qaytarishga harakat qilamiz.