Klinikaning reanimatsiya bo‘limi 2-qavatda joylashgan bo‘lib, 10 ta o‘rin va 4 ta intensiv terapiya palatasi bilan jihozlangan, eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan.
Bo‘lim 24 soat davomida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, yurak-o‘pka reanimatsiyasi (shu jumladan, sun’iy nafas oldirish) va stasionar davolanishga muhtoj bemorlar uchun intensiv terapiya olib borishga mo‘ljallangan.
Bo‘lim jihozlanishi bemorlarga uzluksiz parvarish va ularning holatini muntazam monitoring qilish imkonini beradi.
Bizning markazimiz intensiv terapiya bo‘limida bemorlar jarrohlik amaliyotidan so‘ng va stasionarga o‘tkazilgunga qadar kuzatiladi. Amaliyot tugagandan so‘ng, anesteziolog-reanimatolog shifokorlar bemorning to‘liq hushyor bo‘lishini, arterial bosim, puls va nafas olish ko‘rsatkichlarini o‘lchaydi hamda bemor o‘zini yaxshi his qilsa, stasionarga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Yurak faoliyatini nazorat qilish uchun bizning reanimatsiya bo‘limimizda kardiomonitor ishlatiladi — bu qurilma yurak ritmi (EKG), arterial bosim va pulsni doimiy qayd etib boradi.
Jamoaning har bir a’zosi barcha tibbiy muolajalarni aniq va og‘riqsiz bajarish bilan birga, og‘ir ahvoldagi bemorlarga to‘g‘ri parvarish ko‘rsatish ko‘nikmasiga ega va zamonaviy usullardan to‘liq foydalanadi.
Intensiv terapiya uskunalari:
Bemor yotoq yonidagi monitor (invaziv va noinvaziv arterial bosim va puls, EKG, qondagi kislorod va CO2 ko‘rsatkichlari)
Kattalar va bolalar uchun sun’iy nafas oldirish apparati (3 kg va undan yuqori)
Portativ sun’iy nafas oldirish apparati, UZI apparati, EKG, onlayn rentgen apparati (OSMOS tizimi)
Kattalar va bolalar uchun ko‘p funksiyali tibbiy krovat
Crash-cart tibbiy aravacha
Ekspress laboratoriya
«Fresenius» 4008 S gemodializ apparati (zudlik bilan detoksikatsiya uchun)
Amalga oshiriladigan muolajalar:
Sun’iy nafas oldirish (IVL)
Yurak-o‘pka reanimatsiyasi (KPR), yurak massaji
Tomir ichiga suyuqliklar va elektrolitlarni yuborish
Tiklovchi va diagnostik muolajalar (EKG, bosim, kislorod va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘lchash)
Dori-darmon terapiyasi (yurak faoliyatini barqarorlashtirish, og‘riqni kamaytirish, infeksiyani nazorat qilish)
Reanimatsion jarrohlik (ochiq yurakda operatsiyalar, qon quyish va h.k.)
Gemodializ, plazmaferes, markaziy venaga kateter o‘rnatish va traxeostomiya