Tomir jarrohligi bo‘limi
Zamonaviy tomir kasalliklari bo‘yicha yordam — diagnostika, davolash va reabilitatsiya bir markazda
Tomir jarrohligi markazida bemorlarga keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatiladi: tomir jarrohi konsultatsiyasi, statsionarga yotqizish, rentgen diagnostikasi, tomir doppleri, MSKT, laboratoriya tahlillari, anesteziolog maslahatlari, operatsiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi to‘liq parvarish.
Imkoniyatlarimiz:
- Konsultatsion va davolash xonalari, operatsion blok, intensiv terapiya bo‘limi, 16 o‘rinli statsionar, protsedura va bog‘lov xonalari.
- Zamonaviy diagnostika: exokardiyografiya, ko‘p kesimli KT, angiografiya, dopplerografiya.
- Pastki oyoq-tomirlari va hayot uchun xavfli asoratlar jarrohlik davosi.
Bizning jamoamiz — bu O‘zbekistonning yetakchi tomir jarrohlari, muntazam ravishda Yevropa va AQSHning ilg‘or klinikalarida tajriba oshirgan mutaxassislar.
Davolash usullari:
- Ochiq, miniinvaziv va endovaskulyar operatsiyalar, rentgen S-duga texnologiyasi bilan.
- Ko‘krak va qorin aortasi, periferik arteriyalarda gibrid aralashuvlar.
Operatsiya turlari:
- Karotid endarterektomiya (klassik va eversion, shuntsiz/shuntli)
- Arteriyalarni rezeksiya va anastomoz qilish
- Karotid-subklavian shuntlash
- Gibrid rekonstruksiya, stentlash, autodermoplastika, reamputatsiya va boshqalar
Zamonaviy usullar:
- VAK-terapiya, skleroterapiya
Afzalliklarimiz:
- To‘liq diagnostika va davolash bir markazda
- Zarurat bo‘lsa, multidisipliner konsilium
- Individual reabilitatsiya va shaxsiy yondashuv