Kattalar yurak jarrohligi bo‘limida yuqori malakali mutaxassislar sizning yuragingiz salomatligini tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Bizning jamoamiz:
- Kasalligingizni aniq tashxislaydi
- Sizga mos individual davolash rejasini ishlab chiqadi
- Yurak va qon tomirlarida eng zamonaviy usullar bilan murakkab operatsiyalarni o‘tkazadi
- Stasionarda qulay sharoit va parvarish bilan ta’minlaydi
- Operatsiyadan keyingi tiklanishingizda yordam beradi
Biz davolaymiz:
- Ishemik yurak kasalligi (shu jumladan, asoratli shakllari)
- Tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlari
- Bosh va bo‘yin arteriyalarining aterosklerozini
- Infektsion endokardit, yurak anevrizmasi, yurak ichidagi tromblar, yurak o‘smalari, perikardit va yurak yetishmovchiligi
Biz bajaradigan operatsiyalar:
- Ishlayotgan yurakda koronar shuntlash
- Yurak klapanlarini protezlash va plastikasi
- Aorta operatsiyalari
- Yurak anevrizmasi va magistral tomir operatsiyalari
Afzalliklarimiz:
- O‘zbekistonning boshqa klinikalarida bajarilmaydigan operatsiyalar
- Katta tajribaga ega jarrohlar
- Zamonaviy uskunalar va texnologiyalar
- Har bir bemorga individual yondashuv
- Tiklanish dasturlari va kompleks davolash
Yuragingizni AKFA Medline University Hospital professional mutaxassislariga ishonib topshiring!