Bizning shifokorlarimiz

Akfa Medline shifokorlari har bir bemorga ishonchli va g'amxo'rlik qiluvchi yuqori malakali mutaxassislardir.

Азиз Муратов Аскарович

Aziz Muratov Asqarovich

Umumiy xirurg, laparoskopist, MD

Ta’lim

  • 2011-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining davolash ishi yo‘nalishini tamomlagan.
  • 2011–2014-yillar davomida ToshTMA ikkinchi klinikasi negizida joylashgan “Fakultet va gospital jarrohlik” kafedrasida magistraturada tahsil olib, “Umumiy xirurgiya” mutaxassisligi bo‘yicha malakasini oshirgan.

Mutaxassislik yo‘nalishlari

  • Qorin bo‘shlig‘i a’zolarida laparoskopik operatsiyalar (xolesistektomiya, apendektomiya, fundoplikatsiya, kardiomiotomiya, kistektomiya, divertikulektomiya, adrenalektomiya).
  • Qorin sohasidagi barcha turdagi churralarni laparoskopik davolash (chov churrasi, kindik churrasi, operatsiyadan keyingi churralar, diafragmal churralar, Duglas churralari).
  • Laparoskopik operatsiyalar – qizilo‘ngach, oshqozon, yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichak saratonida (o‘ng va chap gemikolektomiya, total va subtotalkolectomiya, sigmoidektomiya, to‘g‘ri ichak rezektsiyasi, to‘g‘ri ichak ekstirpasiyasi, gastrektomiya).
  • Qabziyat va dekompensatsiyalangan koprostazda laparoskopik operatsiyalar.
  • Me’da-ichak yo‘llarining rekonstruktiv tiklovchi operatsiyalari.
  • Bariatrik va metabolik xirurgiya (Sleeve-gastrektomiya va gastrik shuntlash).

Malaka oshirish

  • 2015-yil – Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasida (ICRC) “Keng jarohatlar bo‘yicha shoshilinch tibbiy yordam” kursi.
  • 2022-yil – O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan 1-Bariatrik va metabolik jarrohlik kongressi ishtirokchisi.
  • 2023-yil – “3rd ELSA OP Workshop on Laparoscopic Surgical Skills and Advanced Suturing”, Samarqand.
  • “Operativ va diagnostik endoxirurgiya” kursi.

Qo‘shimcha mukofotlar

  • 2014-yildan – O‘zbekiston Shoshilinch Tibbiy Yordam Assotsiatsiyasi a’zosi.
  • 2023-yildan – Osiyo Endoskopik va Laparoskopik Jarrohlar Assotsiatsiyasi (ELSA) a’zosi.

Xalqaro tajriba

  • 2022-yil – 7-Azarbajon-Nemis-Turk tibbiyot kongressi ishtirokchisi.
  • 2022-yil – Baku shahri (Ozarbayjon) — ilg‘or bosqich laparoskopik jarrohlik kurslari (7-Baku International Workshop Days).
  • 2022-yil 8-noyabrdan 8-dekabrgacha — Almaz Akademie Medical Training Center, Boku — “Intermediate and Advanced Laparoscopic and Thoracoscopic Surgery Skills” kursi.
  • 2022-yil — M.Topchubashev nomidagi xirurgiya markazi va German Hospital (Boku)da kolorektal xirurgiyada malaka oshirish kurslari.

Bugunoq biz bilan bog‘laning!

Ish vaqti

Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00

Shanba: 09:00 – 14:00

Yakshanba: Dam olish kuni

AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE