Bizning shifokorlarimiz
Akfa Medline shifokorlari har bir bemorga ishonchli va g'amxo'rlik qiluvchi yuqori malakali mutaxassislardir.
Bahrom Rustamov Rustamovich
Rustamov Bahrom Rustamovich — urologiya va andrologiya sohasida 17 yildan ortiq tajribaga ega O‘zbekistonning yetakchi mutaxassisi. 2004 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlab, ixtisoslashtirilgan urologiya markazida magistraturani bitirgan. So‘nggi 16 yil davomida u jinsiy zaiflik va erkaklar bepushtligini davolash bilan shug‘ullangan. Xalqaro jinsiy tibbiyot jamiyati (ISSM), Yevropa jinsiy tibbiyot jamiyati (ESSM), xalqaro urologiya jamiyati (SIU), Turkiya urologlar uyushmasi va O‘zbekiston urologik jamiyati a’zosi. Har yili Andrologiya va Yevropa urologlari anjumanlari EAUS bo‘yicha konferensiyalarda ishtirok etadi.
Doktor Rustamov andrologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar tomonidan o‘qitilgan, xususan:
Professor Atesh Kadiog‘lu rahbarligida Istanbul universiteti (Turkiya) tibbiyot fakultetida Andrologiya bo‘yicha klinik ixtisoslashuv.
Professor Ramon V. Rovira rahbarligida erkaklarda jinsiy a’zolarni jarrohlik yo‘li bilan rekonstruksiya qilish kursi.
Pavlov I.P tibbiyot universiteti (Rossiya) klinik anatomiya va operativ jarrohlik kafedrasida jinsiy a’zolar jarrohligining diseksiya kursi.
Erkaklarda estetik jinsiy jarrohlik kursi.
Kasbiy yutuqlar:
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Azoospermiya kasalligini davolash uchun Mikrojarrohlik Vazoepididimostomiya, Mikro TESE amaliyotlarini va erkaklar bepushtligining og‘ir turlarini davolash uchun boshqa turdagi mikrojarrohlik operatsiyalarini joriy etdi.
Erektil disfunktsiya uchun jinsiy olatni implantlarini o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekistonda eng katta tajribaga ega.
U birinchilardan bo‘lib varikotsele va urug‘don kistalarini davolashda mikrojarrohlik usullarini qo‘llagan.
Peyroni kasalligi va jinsiy a’zolarida anomaliyalar bo‘lgan erkaklarning plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi.
U birinchi bo‘lib erkaklarda aloqada tez bo‘shanni davolash uchun mikrojarrohlik selektiv denervatsiyasi va filler in’yeksiyalarini kiritdi.
Bemorlarda asoratlar xavfini sezilarli darajada kamaytiradigan mahalliy va kombinatsiyalangan og‘riqsizlantirish ostida operatsiyalarni bajarish texnikasini ishlab chiqdi.
Erektil disfunktsiya va Peyroni kasalligi uchun fokal zarba to‘lqinli terapiya (udarnо-volnovaya terapiya) texnikasini joriy etdi.
Erkaklar bepushtligining og‘ir turlarini, xususan, nonobstruktiv azoospermiyani davolashda uzoq birlamchi hujayralar va ekzosomalarni ishlatish sohasida o‘z hissasini qo‘shgan.
Bugunoq biz bilan bog‘laning!
Ish vaqti
Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00
Shanba: 09:00 – 14:00
Yakshanba: Dam olish kuni