Bizning shifokorlarimiz
Akfa Medline shifokorlari har bir bemorga ishonchli va g'amxo'rlik qiluvchi yuqori malakali mutaxassislardir.

Davron Toshxo‘jayev Abdumannapovich
Endoskopist, MD
Ta’lim
- 2008 yilda Birinchi Toshkent Tibbiyot Institutining davolash ishi va pedagogika yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
- 2009–2011 yillarda Respublika Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazida onkologiya mutaxassisligi bo‘yicha ordinaturada malaka oshirgan.
- 2012 yilda TashIUVda diagnostik va davolovchi endoskopiya bo‘yicha ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuv yo‘nalishlari
Qizilo‘ngach kasalliklarini tashxislash va endoskopik operatsion davolash
- Kardiya axalaziyasi
- Qizilo‘ngach va oshqozonning shilliq osti hosilalari
- Bronxial daraxt, qizilo‘ngach va yo‘g‘on ichakdagi turli kelib chiqishdagi strikturalar
- Me’da-ichak yo‘llarining erta o‘smalarini endoskopik aniqlash va davolash
- Pankreato-biliar soha kasalliklarini, jumladan invaziv va endoskopik tashxislash va davolash
- Me’dani balloni bilan kengaytirish (ballooning)
- Faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri — yo‘g‘on ichakdagi erta o‘smalarni endoskopik olib tashlash
- O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, me’da-ichak traktining katta epitelial o‘smalarini olib tashlashning yagona radikal usuli hisoblangan shilliq osti qatlamida endoskopik disseksiyani (ESD) amaliyotga tadbiq qilgan
Bugunoq biz bilan bog‘laning!
Ish vaqti
Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00
Shanba: 09:00 – 14:00
Yakshanba: Dam olish kuni
AKFA MEDLINE
AKFA MEDLINE
AKFA MEDLINE