Teringiz salomatligi va estetik go‘zalligingiz uchun kompleks yondashuv
Asosiy maqsad:
Aholining kosmetik nuqsonlar va teri kasalliklari bilan murojaat qiluvchi qatlamiga keng qamrovli maslahat va diagnostik yordam ko‘rsatish.
Maslahat turlari:
• Dermatokosmetolog tomonidan dastlabki tekshiruv
• Dermatokosmetolog tomonidan dinamik kuzatuv
• Dermatoskopiya bilan dermatolog tekshiruvi
• Trixoskopiya bilan trixolog tekshiruvi
Bo‘lim faoliyati:
• Teri kasalliklarini tashxislash va davolash
• Soch to‘kilishini davolash va soch transplantatsiyasi
• Qosh va lab shaklini estetik tiklash (konsultativ asosda)
• Akne, pigmentatsiya va boshqa kosmetik muammolarni davolash
• Har bir bemor uchun individual parvarish rejasini tuzish
Dermatokosmetologiya bo‘limi — bu nafaqat tashxis va davolash, balki bemorning o‘zini yaxshi his qilishi uchun kerakli muvozanat va estetik yondashuvdir.