Aniq va ishonchli tahlillar — samarali davolashning asosi
AKFA Medline University Hospital laboratoriyasi Roche, Sysmex, Snibe, Aciltop kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunalari bilan jihozlangan. Bu esa tahlil natijalarining aniqligi, tezligi va ishonchliligini ta'minlaydi.
Biz quyidagi laborator tekshiruvlarni o'tkazamiz:
• Umumiy klinik tahlillar
• Qon biokimyosi
• Gormonal va immunologik testlar
• Onkomarkerlar
• Infeksion panellar (jumladan, PZR)
• Genetik testlar va boshqalar
Laboratoriya mutaxassislarimiz xalqaro sifat standartlariga qat’iy rioya qiladi va tahlilning har bir bosqichida nazorat olib boriladi.