Stomatologiya

Sog‘lom va chiroyli tabassum — biz bilan!

Klinikamiz mutaxassislari profilaktika, implantatsiya ortodontiya , og'iz bo'shlig'i jarrohligi va kosmetik stomatologiya karies va tish kasalliklarini davolash o'z ichiga olgan to'liq stomatologik xizmatlarni taqdim etadi.
AMUH Stomatologiya bo'limida biz tish va og'iz bo'shlig'i kasalliklarini davolash va oldini olish bo'yicha keng ko'lamli xizmatlarni taklif qilamiz. Bizning tajribali stomatologlarimiz quyidagilarni bajaradilar:
• Terapevtik stomatologiya: tishlarning anatomik shaklini tiklash, nervlarni olib tashlash va kanallarni to'ldirish, tishlarni tosh va cho'kmalardan tozalash, silliqlash va ftorlashni amalga oshiradilar;
• Ortopedik stomatologiya: metallokeramik qoplama, sirkoniy dioksid qoplama, Emax vinirlar, quyma shtiftlar va shisha tolali shtiftlar, toliq va qisimli protezlarni ishlab chiqaradilar va o'rnatadilar;
• Jarrohlik stomatologiyasi: tishlar va ildizlarni, sut tishlarini, retensiya tishlarini olib tashlash, implantlarni o'rnatish, sinus-lifting, suyak plastikasi  amalga oshiradilar;
• Ortodontik stomatologiya: noto'g'ri tishlanishni breket tizimlari yordamida tuzatadilar;
• Bolalar stomatologiyasi: maxsus usullar va materiallardan foydalangan holda bolalarning tishlarini davolaydilar.
Biz quyidagilardan foydalanamiz:
• Zamonaviy uskunalar: Bizning stomatologik kabinetlarimiz yetakchi global ishlab chiqaruvchilarning eng yangi uskunalari bilan jihozlangan.
• Sifatli materiallar: Biz faqat taniqli brendlarning sertifikatlangan materiallaridan foydalanamiz.
• Individual yondashuv: Biz har bir bemor uchun uning individual xususiyatlari va istaklarini hisobga olgan holda davolash rejasini tuzamiz.
AMUH Stomatologiya bo'limida siz quyidagilarni qilishingiz mumkin:
• Karies va boshqa tish kasalliklarini davolash.
• Tishlarning anatomik shakli va rangini tiklash.
• Qoplama va protezlarni o'rnatish.
• Noto'g'ri tishlanishni tuzatish.
• Tishlarni oqartirish.
• Professional tish tozalashni amalga oshirish.

Bugunoq biz bilan bog‘laning!

Ish vaqti

Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00

Shanba: 09:00 – 14:00

Yakshanba: Dam olish kuni

AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE