ITS BO'YICHA XIZMAT KO'RSATISH
ITS BU - NIMA?
ITS BO'YICHA DAVOLANISH
We provide medical assistance on the policies of the following insurance companies:
Statsionar xizmat ko'rsatish
Bizning tibbiy markazda ITS polisi bo‘yicha har bir sug‘urtalanuvchi kafolatlangan sifatli tibbiy yordam olishadi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisiga bitta sug‘urta dasturi ham, ularning to‘liq kompleksi yoki birikmasi ham kirishi mumkin.
Homiladorlikni olib borish
Aksariyat bo‘lajak onalarni ayollar maslahatxonasidagi uzun navbatlar, tuganmas tahlil topshirishlar va zarur vaqtda kerakli maslahatni olish imkoniyatining yo‘qligi cho‘chitadi. ITS polisi sizga sifatli maslahat olish, rejali tibbiy ko‘rik va tahlillar topshirish kafolatini beradi.
Sanator-kurort davolanish
DMS siyosati surunkali kasalliklarga chalingan o'rta va katta yoshdagi odamlar uchun deyarli ideal yechimdir. Siyosat tizimli tekshiruv va davolanishni kafolatlaydi, chunki bu sog'liq uchun sarmoyadir.
Ambulator-poliklinika xizmati
Ambulator-poliklinika xizmati uchun polis umuman olganda sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydigan, lekin vaqti-vaqti bilan tobi qochib turadigan insonlar uchun mo‘ljallangan.

Ayrim toifa kasalliklar bo‘yicha (qandli diabet, ruhiy xastaliklar, sil, OITS va boshqalar) tibbiy yordam ko‘rsatish davlat hisobidan amalga oshiriladi, shu bois bunday xastaliklarga ITS bo‘yicha yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilmaydi. Agar sug‘urta holati yuzaga kelganda siz spirtli ichimlik yoki giyohvand vositalari ta'sirida bo‘lgan bo‘lsangiz yoxud o‘z salomatligingizga qasddan shikast yetkazgan bo‘lsangiz, ITS polisi bo‘yicha tovon puli olmaysiz. Sug‘urta summasi mijozga to‘lanmaydi, balki davolash muassasasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Yodda tuting Hamma kasalliklar ham IST bo‘yicha davolanmaydi. Polis tatbiq etilmaydigan kasalliklar ham mavjud — qandli diabet, ruhiy xastaliklar, sil, OITS va boshqalar.
Agar siz ITS polisiga ega bo‘lsangiz, quyidagilarga ahamiyat qaratishingiz zarur:
Mazkur polisda yoki unga ilova qilingan qog‘ozda ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qiling.
Sug‘urta kompaniyasi xodimi yoki assistans xizmatidan «AKFA MEDLINE» tibbiyot markazi siz davolanishingiz mumkin bo‘lgan klinikalar ro‘yxatiga kiritilganligini aniqlang. Agar u mazkur ro‘yxatda bo‘lmasa, siz ulardan «AKFA MEDLINE» tibbiyot markazi bilan shartnoma tuzishni talab qilishga to‘la haqlisiz (biz bilan shartnoma tuzish uchun uzog‘i bilan 1-2 soat vaqt talab etiladi).
O‘z sug‘urta dasturingizga kiritilgan tibbiy xizmatlar ro‘yxatini aniqlashtiring.
Sug‘urta kompaniyasi xodimi yoki Assistans* xizmati orqali o‘zingizga zarur bo‘lgan mutaxassisning dastlabki maslahatiga yoziling.
Sizning dasturingizga kiruvchi tibbiyot markazlari hamda tibiiy xizmatlar ro‘yxati polisingizga ilova qilingan qo‘shimcha varaqda ko‘rsatiladi.
*AKFA Medline tibbiyot markaziga tibbiy yordam uchun dastlabki murojaat faqat sizni sug‘urta qilgan sug‘urta kompaniyasi xodimlari tomonidan ITS polisida ko‘rsatilgan raqam orqali amalga oshiriladi.
Yoningizda bo‘lishi zarur hujjatlar:
– pasport;
– ITS polisi.
Agar qabulda vrach sizga ko‘rik, protseduralar, manipulyatsiyalar tayinlagan bo‘lsa, ITS dasturingizga tayinlangan muolajalardan qaysi biri kirishi borasida sizga xizmat ko‘rsatuvchi sug‘urta kompaniyasi yoki assistans xizmati bilan maslahatlashib olishingiz zarur.
Xorij fuqarolariga ITS bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun chet el sug‘urta kompaniyalari byuilan shartnoma tuzish borasida ham muzokaralar olib borilmoqda.