
Ish beruvchi va «AKFA Medline» tibbiyot markazi o‘rtasidagi bevosita shartnomaning qanday afzalliklari bor?
U yoki bu davolash muassasasini tanlash, tibbiy xizmatlar hajmi, murojaatning sug‘urta holati deb e'tirof etilishini (o‘tkir kechuvchi kasallik yoki surunkali kasallikning kuchayishi) belgilashida sug‘urta kompaniyasining vositachi sifatida ishtirok etmasligi;
surunkali kasallik mavjud bo‘lganda mutaxassis tomonidan dinamik kuzatuvlarning, dispanser tibbiy ko‘riklar o‘tkazish imkoniyati;
davolash xarajati sug‘urta kompaniyalari tomonidan faqat diagnoz qo‘yishgacha bo‘lgan holatda to‘lanuvchi xastaliklar (onkolik kasalliklar, o‘tkir va surunkali gepatit, epilepsiya, tizimli davolashni talab etuvchi mikoz, psoriaz, tug‘ma va nasliy kasalliklar va shu kabilar) va ularning asoratlari bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati;
yashirin komissiyaning mavjud emasligi.
Agar siz AKFA Medline tibbiyot markazi bilan korporativ shartnoma tuzmoqchi bo‘lsangiz, siz istalgan shaklda elektron manzilimizga so‘rov jo‘natishingshiz yoki biz bilan bog‘lanishingiz zarur. Bizning xodimlarimiz korporativ mijozlarning AKFA Medline tibbiyot markazi bilan hamkorligi masalasidagi sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob qaytarishadi. E-mail: z.karimov@akfamedline.uz