
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
01.12.2017 - 31.12.2030

“Sen Yashaysan” — AKFA MEDLINE klinikasining tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bo‘lgan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalardagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya dasturidir.
Dastur 2017-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Shu vaqt davomida “Sen Yashaysan” doirasida tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bolalarda 700 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Har bir operatsiya ortida bir bolaning hayotiy hikoyasi, bir oilaning umidi va bolaga sog‘lom hamda to‘laqonli hayot uchun imkoniyat yaratishga intilayotgan tibbiyot jamoasining fidokorona mehnati turadi.
Dastur doirasida klinikamiz 15 yoshgacha bo‘lgan tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bolalarga bepul jarrohlik yordamini ko‘rsatadi. Maqsadimiz — yordamga muhtoj bolalarga o‘z vaqtida, professional va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish.
Biz uchun “Sen Yashaysan” — bu nafaqat tibbiy yordam. Bu g‘amxo‘rlik, qo‘llab-quvvatlash hamda har bir bolaga sog‘lom ulg‘ayish, rivojlanish, orzu qilish va o‘z kelajagini qurish imkoniyatini berishdir.
Har bir bola sog‘lom ulg‘ayish, orzu qilish va to‘laqonli hayot kechirish imkoniyatiga munosib.