
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar

2026-yil 26-oktabr kuni AKFA Medline University Hospital hamda Gustave Roussy International Uzbekistan Oncology Center vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida patogistologik xizmatlar ko‘rsatish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.Tashrif davomida tomonlar laboratoriya faoliyati, uning diagnostika imkoniyatlari va laboratoriya tekshiruvlarini tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, zamonaviy tibbiyotda laboratoriya diagnostikasining ahamiyati, tekshiruvlar sifati hamda patogistologik tadqiqotlarning o‘rni haqida fikr almashildi.Patogistologik tekshiruvlar, ayniqsa, onkologik kasalliklarga shubha qilingan holatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqotlar to‘qimalardagi patologik o‘zgarishlarni aniqlash, tashxisni aniqlashtirish va bemor uchun keyingi davolash taktikasini belgilashda shifokorlarga yordam beradi.Uchrashuv davomida tibbiyot muassasalari rahbarlari o‘zaro tajriba almashish, diagnostika jarayonlarini takomillashtirish va mutaxassislar o‘rtasidagi professional hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar.Memorandum Gustave Roussy International Uzbekistan Oncology Center direktori Sedat Kaya hamda AKFA Medline University Hospital bosh direktori Tursunkulov Azimdjon Nazirjonovich tomonidan imzolandi.Mazkur kelishuv ikki tibbiyot muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, laboratoriya diagnostikasi sohasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.AKFA Medline bemorlarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakatimizning yetakchi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishda davom etmoqda.

23-oktabr kuni Chirchiq shahrida Toshkentdagi AKFA Medline klinikasining tajribali mutaxassislari ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi. Ushbu tashabbus aholiga malakali tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash hamda bemorlarga o‘z vaqtida zarur tibbiy tavsiyalar berishga qaratilgan. Bepul tibbiy ko‘riklar davomida fuqarolar quyidagi mutaxassislar maslahatidan foydalanishlari mumkin:• Neyrojarroh• Kardiojarroh• Qon tomir jarrohi• UrologKo‘rik davomida mutaxassislar bemorlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rganib, zarur tavsiyalar beradilar va keyingi davolanish bosqichlari bo‘yicha yo‘naltiradilar. AKFA Medline klinikasi ushbu tashabbus orqali sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, aholining salomatligini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.Tadbir haqida ma’lumot:📅 Sana: 23-oktabr📍 Manzil: Chirchiq shahri, Markaziy poliklinika📞 Ro‘yxatdan o‘tish: +998 71 203-30-03Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi.

22-oktabr kuni AKFA Medline klinikasining tajribali shifokorlari Toshkent shahrining Uchtepa tumani aholisi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etadi. Ushbu tashabbus aholiga malakali tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash hamda bemorlarga o‘z vaqtida zarur tibbiy tavsiyalar berishga qaratilgan. Tadbir davomida fuqarolar quyidagi mutaxassislar ko‘rigidan bepul o‘tishlari mumkin:• Oftalmolog — ko‘rish qobiliyatini baholash va ko‘z kasalliklarini aniqlash.• Ortoped — suyak, bo‘g‘im va tayanch-harakat tizimi kasalliklari bo‘yicha maslahat berish.• LOR shifokori (otorinolaringolog) — quloq, burun va tomoq kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rik o‘tkazish.Ko‘rik davomida shifokorlar bemorlarning shikoyatlarini o‘rganib, dastlabki tekshiruvlarni o‘tkazadilar hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha diagnostika va davolanish bo‘yicha tavsiyalar beradilar. Muhim jihati: agar tibbiy ko‘rik natijasida bemorga jarrohlik amaliyoti tavsiya etilsa, belgilangan talab va shartlar asosida operatsiyani davlatning imtiyozli sug‘urta dasturi doirasida amalga oshirish imkoniyati mavjud.AKFA Medline klinikasi bunday tashabbuslar orqali aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kasalliklarning oldini olish va salomatlikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.Tadbir haqida ma’lumot:📅 Sana: 22-oktabr📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 22-sonli oilaviy poliklinika📞 Ro‘yxatdan o‘tish: +998 71 203-30-03Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi.

Ona tili — bu shunchaki muloqot vositasi emas. U xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, milliy qadriyatlari va ma’naviy merosining yorqin ifodasidir. 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Ushbu tarixiy sana milliy o‘zligimizni asrab-avaylash va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.Biz inson salomatligiga g‘amxo‘rlik o‘zaro tushunish, ishonch va samimiy muloqotdan boshlanishiga ishonamiz. Zero, ona tilida aytilgan birgina iliq so‘z ham insonga xotirjamlik, umid va ishonch bag‘ishlashi mumkin.AKFA Medline jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ona tilimiz yanada ravnaq topsin, avlodlarni birlashtirib, kelajak uchun bebaho meros bo‘lib qolsin!O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

2026-yil 19-oktabr kuni bizning klinikani dunyoning yetakchi tibbiyot markazlaridan biri — Cleveland Clinic bosh ijrochi direktori (CEO), doktor Tomislav Mihaljevic rasmiy tashrif bilan keldi.Ushbu tashrif klinika uchun muhim voqea bo‘lib, xalqaro professional aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda O‘zbekistonda zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalarni muhokama qilish uchun muhim imkoniyat yaratdi.AKFA Medline University Hospital imkoniyatlari bilan tanishuvTashrif davomida doktor Tomislav Mihaljevic klinikaning faoliyati, zamonaviy tibbiy infratuzilmasi, ilg‘or texnik jihozlari hamda diagnostika va davolash jarayonlarining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdi.Bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularni qabul qilish tizimi, tibbiyot xodimlarining faoliyati, shuningdek, tibbiy xizmat sifati va bemorlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi.Mehmonga yuqori texnologiyali tibbiy yordam, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, ilmiy faoliyat hamda tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash jarayonlarini birlashtirgan ko‘p tarmoqli universitet klinikasining imkoniyatlari namoyish etildi.Uchrashuv davomida tibbiy jarayonlarni takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishda ilg‘or tajribalardan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Rezidentlar bilan uchrashuv: tibbiyot kelajagiga sarmoyaTashrifning muhim qismlaridan biri doktor Tomislav Mihaljevicning klinikaning rezidentlari bilan uchrashuvi bo‘ldi.Yosh mutaxassislar dunyoning eng nufuzli tibbiyot muassasalaridan biri rahbari bilan bevosita muloqot qilish, kasbiy rivojlanish, klinik tayyorgarlik va zamonaviy tibbiyot istiqbollari haqida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Suhbat davomida amaliy tajriba, uzluksiz tibbiy ta’lim, klinik fikrlashni rivojlantirish va shifokorning bemor oldidagi mas’uliyati kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.Bunday uchrashuvlar xalqaro tajribani o‘zlashtira oladigan, ilg‘or davolash usullarini kundalik amaliyotga tatbiq etishga intiladigan yangi avlod tibbiyot mutaxassislarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Rezidentura dasturlarini rivojlantirish, shifokorlar malakasini oshirish va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish AKFA Medline University Hospital faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.Social va CAU Hospital: yangi avlod tibbiyotining yirik loyihalariTashrif doirasida O‘zbekistonda tibbiy yordam sifati va undan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarga ham alohida e’tibor qaratildi.Shunday loyihalardan biri — Social, ya’ni aholiga bepul birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan, ayni paytda qurilishi davom etayotgan zamonaviy tibbiyot markazidir.Social loyihasi konsepsiyasi raqamli texnologiyalardan foydalanish, bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini qulay va shaffof tashkil etish, profilaktik tekshiruvlar o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash hamda tibbiyot mutaxassislari maslahatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.Mazkur loyiha zamonaviy texnologiyalar, samarali tibbiy jarayonlar va bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish tamoyillari yagona tizimga birlashtirilgan birlamchi tibbiy yordamning yangi modelini yaratishga qaratilgan.Muhokama qilingan yana bir muhim yo‘nalish — Central Asian University (CAU) kengaytirilayotgan kampusi hududida Cleveland Clinic bilan strategik hamkorlik asosida barpo etilayotgan yangi universitet klinikasi — Central Asian University Hospital (CAU Hospital) qurilishi bo‘ldi.Loyiha Cleveland Clinic Connected xalqaro dasturi doirasida amalga oshirilmoqda hamda ilg‘or klinik standartlar, innovatsion tibbiy texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va amaliyotga yo‘naltirilgan tibbiy ta’limni integratsiya qilishni nazarda tutadi.Kelajakdagi shifoxona 120 ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga 269 ming nafargacha bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Uning ochilishi 2027-yilga mo‘ljallangan.CAU Hospital zamonaviy ko‘p tarmoqli klinik va ta’lim markaziga aylanib, unda bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, mutaxassislarni tayyorlash hamda ilmiy faoliyat yagona tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.Loyihaning rivojlanishida Cleveland Clinic bilan xalqaro hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu hamkorlik professional tajriba almashish, klinik va ta’lim dasturlarini takomillashtirish, xalqaro sifat standartlarini joriy etish hamda tibbiy boshqaruv tizimini rivojlantirishga qaratilgan.Social va CAU Hospital loyihalarining amalga oshirilishi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga kompleks yondashuvni aks ettiradi. Bu yondashuv aholiga qulay birlamchi diagnostika va kasalliklar profilaktikasidan tortib, yuqori texnologiyali tibbiy yordam, ilmiy tadqiqotlar va malakali mutaxassislar tayyorlashgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni qamrab oladi.Xalqaro hamkorlik — tibbiyot rivojining muhim asosiDoktor Tomislav Mihaljevicning tashrifi dunyoning yetakchi tibbiyot muassasalari bilan professional hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro tajribani O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga izchil tatbiq etish muhimligini yana bir bor namoyon etdi.Bizning klinika uchun bunday uchrashuvlar alohida ahamiyatga ega. Chunki ular tibbiy infratuzilmani rivojlantirish, klinik jarayonlarni takomillashtirish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda bemorlar xavfsizligi va tibbiy xizmat sifati madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.Cleveland Clinic bosh ijrochi direktorining tashrifi amaldagi klinika yutuqlarini muhokama qilish, tibbiy ta’limni rivojlantirish va yangi yirik loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini birlashtirgan muhim voqea bo‘ldi.AKFA Medline University Hospital ilg‘or tibbiy texnologiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda markazida bemor, tibbiy yordam sifati va shifokorlarning professionalligi turadigan zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

AKFA Medline l nafaqat yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatish, balki ilmiy tadqiqotlar sohasida ham o‘z salohiyatini izchil mustahkamlab bormoqda. Klinikamiz uchun muhim voqealardan biri Saidamir Murodovich Jafarovning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgani bo‘ldi.Ushbu yutuq zamirida ko‘p yillik klinik amaliyot, ilmiy izlanishlar, murakkab tibbiy qarorlar hamda bemorlarni davolash jarayonini yanada samarali va xavfsiz qilishga bo‘lgan intilish mujassam.Saidamir Jafarovning ilmiy tadqiqoti zamonaviy yurak-qon tomir tibbiyotining dolzarb muammolaridan biriga — yurakni qon bilan ta’minlovchi koronar arteriyalar va bosh miyaga qon yetkazib beruvchi uyqu arteriyalarining bir vaqtda ateroskleroz bilan zararlanishi kuzatilgan bemorlarda eng maqbul davolash taktikasini tanlashga bag‘ishlangan.Tadqiqot doirasida 338 nafar bemorning davolash natijalari o‘rganilib, qon tomirlar holatini kompleks baholash, mavjud xavflarni aniqlash hamda tibbiy aralashuvlarning eng maqbul ketma-ketligini belgilash imkonini beruvchi algoritm ishlab chiqildi.Tadqiqotning eng muhim jihatlaridan biri uning amaliy ahamiyatidir. Olingan natijalar murakkab klinik vaziyatlarda shifokorlarga yanada asosli qarorlar qabul qilishda ko‘maklashishi hamda jiddiy yurak-qon tomir asoratlari xavfini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.Ilmiy ishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida Saidamir Jafarovning ilmiy rahbarlari — tibbiyot fanlari doktori Guzal Uchqunovna Mullabayeva hamda tibbiyot fanlari doktori, professor, AKFA Medline University Hospital qon tomir jarrohligi bo‘limi mudiri Ravshan Jalilovich Sunnatov muhim o‘rin tutdi.Ularning ilmiy tajribasi, kasbiy bilimlari va doimiy qo‘llab-quvvatlashi klinik amaliyot hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlarni birlashtirgan ko‘p yillik tadqiqot jarayonining muhim qismiga aylandi.Ammo PhD ilmiy darajasiga erishish ortida qanday mehnat yotadi? Amaliyotchi shifokor ilmiy faoliyat davomida qanday qiyinchiliklarga duch keladi? Eng muhimi, ilmiy tadqiqotlar bemorlar salomatligiga qanday foyda keltirishi mumkin?Bu savollarga javob olish maqsadida Saidamir Jafarov bilan suhbatlashdik. U biz bilan ilmiy faoliyat yo‘li, tadqiqot natijalari va kelgusidagi kasbiy rejalari haqida fikr almashdi.Saidamir Jafarov bilan suhbat1. Sizni PhD ilmiy darajasini olishga nima ilhomlantirdi?Eng avvalo, kundalik faoliyatimiz va bemorlarimiz. Ko‘p yillik amaliyot davomida noodatiy yechimlarni izlashga to‘g‘ri kelgan ko‘plab murakkab holatlarga duch kelganmiz.Vaqt o‘tishi bilan nafaqat klinik tajriba to‘plash, balki ushbu masalalarni ilmiy nuqtayi nazardan ham o‘rganish, davolash jarayonini yanada samarali va xavfsiz qilish istagi paydo bo‘ldi.2. Dissertatsiyangiz qaysi mavzuga bag‘ishlangan va nima uchun aynan shu yo‘nalishni tanladingiz?Tadqiqotimiz yurak va bosh miya qon tomirlari bir vaqtda zararlangan bemorlarni davolash masalalariga bag‘ishlangan.Bunday holatlarda shifokorlar oldida murakkab savol tug‘iladi: avvalo qaysi muammoni bartaraf etish kerak — yurak qon tomirlaridagi zararlanishnimi yoki bosh miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlardagisinimi? Yoki har ikkala aralashuvni bir vaqtda amalga oshirish mumkinmi?Biz klinik amaliyotda bunday vaziyatlarga muntazam duch kelamiz va davolash bosqichlarining to‘g‘ri ketma-ketligini belgilash qanchalik muhimligini yaxshi tushunamiz.3. Ilmiy ishingizning yangiligi nimada?Asosiy maqsadimiz shifokorlarga eng maqbul davolash taktikasini tanlashda yordam beradigan algoritmni ishlab chiqish edi.Oddiy qilib aytganda, biz yurak va bosh miya qon tomirlarining holatini kompleks baholash, xavf eng yuqori bo‘lgan sohani aniqlash hamda tibbiy aralashuvlarning optimal ketma-ketligini tanlash imkonini beruvchi tizimni taklif etdik.4. Dissertatsiyani himoya qilish yo‘lida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?Eng katta qiyinchilik ilmiy faoliyatni operatsiya xonasidagi kundalik ish bilan birga olib borish bo‘ldi. Ilmiy tadqiqot katta vaqt, e’tibor va sabr-toqat talab qiladi. Shu bilan birga, klinik faoliyat ilmiy rejalardan qat’i nazar davom etaveradi.Albatta, uyqusiz tunlar, charchoq va qayta-qayta kiritilgan tuzatishlar ham bo‘ldi. Ammo oilam, hamkasblarim va ayniqsa, ilmiy rahbarlarimning qo‘llab-quvvatlashi tufayli biz bu yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tdik.Ularning bilimlari, tajribasi, sabr-toqati va doimiy yordami uchun chin dildan minnatdorman.5. Tadqiqot davomida erishgan qaysi natijangizni eng muhim yutuq deb hisoblaysiz?Menimcha, eng muhim jihati — tadqiqotimiz faqat qog‘ozda qolib ketmaganidir.Biz 338 nafar bemorning davolash natijalarini o‘rgandik va olingan ma’lumotlar asosida murakkab klinik vaziyatlarda shifokorlarga qaror qabul qilishda yordam berishi mumkin bo‘lgan yondashuvni ishlab chiqdik.Men uchun eng katta yutuq aynan shu — ilmiy ish natijalari kundalik tibbiy amaliyotda o‘z qo‘llanilishini topishidir.6. Ilmiy tadqiqotingiz natijalari bemorlarga qanday yordam berishi mumkin?Tadqiqotimizning asosiy maqsadi — davolash jarayonini yanada xavfsiz qilish.Yurak va bosh miya qon tomirlari bir vaqtda zararlangan holatlarda qaysi tibbiy aralashuvni birinchi navbatda amalga oshirish kerakligini to‘g‘ri aniqlash juda muhim.Biz taklif etgan yondashuv shifokorlarga mavjud xavflarni yanada xolis baholash, davolashning eng maqbul ketma-ketligini tanlash va shu orqali miokard infarkti hamda insult kabi jiddiy asoratlar ehtimolini kamaytirishga intilish imkonini beradi.7. PhD ilmiy darajasini qo‘lga kiritish Siz uchun nimani anglatadi va kelgusida qanday kasbiy maqsadlarni oldingizga qo‘ygansiz?Men uchun bu hayotimdagi muhim bosqich va ko‘p yillik jamoaviy mehnat natijasidir. Ushbu dissertatsiya ortida nafaqat yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar, balki ustozlarim, hamkasblarim va oilamning ulkan qo‘llab-quvvatlashi ham turibdi.Ammo ilmiy darajaga erishish yakuniy maqsad emas. Tibbiyot doimo rivojlanib bormoqda va biz ham u bilan birga rivojlanishimiz zarur.Oldinda yangi ilmiy tadqiqotlar, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy davolash usullarini o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etish, shuningdek, yosh hamkasblarga bilim va tajriba ulashish kabi maqsadlar turibdi.Va, albatta, eng muhimi — shifokor bo‘lib qolish va insonlarga yordam berishda davom etish.Ilmiy yutuqlar — AKFA Medline taraqqiyotining muhim asosiSaidamir Jafarovning ilmiy faoliyat yo‘li klinik amaliyot va ilmiy tadqiqotlar bir-birini qanday to‘ldirishi hamda zamonaviy tibbiyot rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratishining yorqin namunasidir.AKFA Medline University Hospital uchun ilmiy salohiyatni rivojlantirish kasbiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Klinika nafaqat yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatadigan, balki ilmiy tadqiqotlar olib boradigan, diagnostika va davolash usullarini takomillashtiradigan hamda to‘plangan tajribani yosh avlod shifokorlariga yetkazadigan mutaxassislarni birlashtiradi.Bugungi kunda 150 nafardan ortiq yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari faoliyat yuritmoqda. Ular orasida PhD ilmiy darajasiga ega shifokorlar, fan doktorlari va professor ilmiy unvoniga ega mutaxassislar bor.Klinikaning ilmiy va klinik faoliyatini rivojlantirishda fan doktorlari hamda professorlarning o‘rni alohida ahamiyatga ega.Ular qatorida Ravshan Jalilovich Sunnatov — tibbiyot fanlari doktori, professor, AKFA Medline University Hospital qon tomir jarrohligi bo‘limi mudiri, shuningdek, Qalandar Bobojonov — tibbiyot fanlari doktori ham bor.Yuqori ilmiy malakaga ega mutaxassislarning faoliyati kasbiy bilim va tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda zamonaviy yondashuvlarni kundalik klinik amaliyotga tatbiq etish uchun mustahkam zamin yaratadi.Xodimlarning har bir yangi ilmiy yutug‘i shifoxonaning umumiy taraqqiyotiga hissa qo‘shib, ilmiy muhitni mustahkamlaydi va uzluksiz kasbiy rivojlanish naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etadi.Ilmiy tadqiqotlardan — bemorlar uchun yangi imkoniyatlar sariSaidamir Jafarovning PhD ilmiy darajasini qo‘lga kiritishi nafaqat uning shaxsiy kasbiy yutug‘i, balki AKFA Medline University Hospital ilmiy faoliyati rivojidagi yana bir muhim bosqichdir.Bunday muvaffaqiyatlar ortida ko‘p yillik fidokorona mehnat, ilmiy ustozlarning ko‘magi, turli yo‘nalishdagi mutaxassislarning hamkorligi va eng murakkab klinik muammolarga yechim topishga bo‘lgan umumiy intilish turadi.Zero, tibbiyot ilm-fanining asl qadri nafaqat ilmiy kashfiyotlar, tadqiqotlar va akademik e’tirofda, balki, eng avvalo, olingan bilimlarni bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifati va xavfsizligini oshirish yo‘lida qo‘llash imkoniyatidadir.AKFA Medline jamoasi Saidamir Murodovich Jafarovni ushbu muhim ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi hamda unga kelgusi kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ilmiy kashfiyotlar va bemorlar salomatligi yo‘lida keng ko‘lamli tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda omad tilaydi.

16-oktabr kuni AKFA Medline University Hospital klinikasining tajribali mutaxassislari Bekobod shahri aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazadi.Sayyor qabul davomida fuqarolar quyidagi mutaxassislardan bepul maslahat olishlari mumkin:• Ortoped-travmatolog — bo‘g‘imlar, suyaklar va tayanch-harakat tizimi kasalliklari, shuningdek, jarohatlar va ularning asoratlarini davolash bo‘yicha.• Oftalmolog (ko‘z shifokori) — ko‘rish qobiliyatining pasayishi, ko‘z kasalliklari va ularni davolash masalalari bo‘yicha.Qabul davomida shifokorlar bemorlarning sog‘lig‘ini baholaydi, mavjud tibbiy xulosalarni o‘rganadi hamda zarur diagnostika va davolash bo‘yicha individual tavsiyalar beradi.Sana: 2026-yil 16-oktabrQabul boshlanishi: 09:00Manzil: Bekobod shahri, 13-mikrorayon, Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika.Qo‘shimcha ma’lumot uchun:+998 97 125 11 41Diqqat! Joylar soni cheklangan.Tajribali mutaxassislardan bepul tibbiy maslahat olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!AKFA Medline University Hospital — sog‘lig‘ingiz ishonchli qo‘llarda!

15-oktabr kuni AKFA Medline University Hospital klinikasining malakali mutaxassislari Yunusobod tumani aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazadi. Sayyor qabul davomida fuqarolar quyidagi mutaxassislardan bepul maslahat olishlari mumkin:• Kattalar kardiojarrohi — yurak kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolash masalalari bo‘yicha.• Rossiyalik spinal neyroxirurg — umurtqa pog‘onasi kasalliklari va neyrojarrohlik amaliyotlariga oid masalalar bo‘yicha.Qabul davomida shifokorlar bemorlarning sog‘lig‘ini baholaydi, mavjud tibbiy xulosalarni o‘rganadi hamda zarur diagnostika va davolash bo‘yicha individual tavsiyalar beradi. Muhim ma’lumot: agar tibbiy ko‘rik natijasida bemorga jarrohlik amaliyoti tavsiya etilsa, belgilangan dastur shartlariga muvofiq, operatsiyani davlat imtiyozli sug‘urtasi doirasida amalga oshirish imkoniyati mavjud.Sana: 2026-yil 15-oktabrQabul boshlanishi: 09:00Manzil: Yunusobod tumani, Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika.Qo‘shimcha ma’lumot uchun:+998 97 125 11 41+998 97 740 15 11Tajribali mutaxassislardan bepul maslahat olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!AKFA Medline University Hospital — sog‘lig‘ingiz ishonchli qo‘llarda!

Oktyabr — Ko‘krak bezi saratoniga qarshi xabardorlik oyi munosabati bilan AKFA Medline’da 50% CHEGIRMA: ✨ Onkomammolog konsultatsiyasi — 50%✨ Mammografiya tekshiruvi — 50% 📊 Buni bilish muhim:• Boshlang‘ich bosqichda aniqlangan saraton 90% dan ortiq holatda to‘liq davolanadi!• 20–40 yoshda: Yilda 1 marta UZI• 40+ yoshda: Yilda 1 marta Mammografiya O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga vaqtida e’tibor bering!📞 Qabulga yozilish: 1141 | +998 (71) 203-30-03📍 Manzil: AKFA Medline Universiteti Klinikasi

AKFA Medline professional MMA ligasi — MANGU League’ning rasmiy tibbiy hamkori sifatida navbatdagi yirik musobaqada ishtirok etdi. Toshkent shahridagi Humo Arenada bo‘lib o‘tgan MANGU 5 turnirida klinika jamoasi sportchilarni jangdan oldin, jang davomida va undan keyin kompleks tibbiy nazorat bilan ta’minladi. MANGU 5 turnirida AKFA Medline’ning 5 nafar shifokori faoliyat olib bordi. Turnir davomida mutaxassislar oktagon yaqinida navbatchilik qilib, zarur vaziyatlarda sportchilarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatdi.Musobaqa davomida tibbiy jamoa jarohatlangan sportchilarga yordam ko‘rsatish uchun 30 ga yaqin marotaba oktagonga chiqdi.Jarohatlarning turi va og‘irlik darajasi turlicha bo‘ldi. Ayrim sportchilarga immobilizatsiya va gips qo‘yish talab etilgan bo‘lsa, boshqalariga kesilgan va yorilgan jarohatlarni tibbiy ishlov berish hamda tikish zarur bo‘ldi.Jiddiyroq tekshiruv talab qilingan holatlarda sportchilar arenada navbatchilik qilgan tez tibbiy yordam avtomobilida AKFA Medline klinikasiga zudlik bilan olib borildi. Klinikada ular zarur diagnostik tekshiruvlardan o‘tkazilib, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam oldilar.Har bir jang oldidan va undan keyin tibbiy nazoratShifokorlarning ishi jang boshlanishidan ancha oldin boshlandi.Sportchilar arenaga yetib kelgach, AKFA Medline mutaxassislari ularning umumiy holatini tekshirdi. Jumladan, arterial qon bosimi, puls va tana harorati o‘lchandi.Jang oldidan sportchining holati yana bir bor baholandi. Har bir jang yakunlangach esa sportchi takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shifokorlar uning umumiy holati va olingan jarohatlarni baholab, qo‘shimcha diagnostika yoki davolanish zarurligini aniqladilar.Tibbiy kuzatuv turnirdan oldin boshlanadiAKFA Medline va MANGU League hamkorligi faqat turnir kuni ko‘rsatiladigan tibbiy yordam bilan cheklanmaydi.Musobaqadan oldin jangchilar AKFA Medline klinikasida tibbiy tekshiruvdan o‘tadilar. Bu shifokorlarga professional jangda ishtirok etishdan avval sportchilarning sog‘lig‘i holatini baholash imkonini beradi.Tibbiy kuzatuv turnir tugagandan keyin ham davom etadi. Zarurat bo‘lganda sportchilar keyingi kunlarda AKFA Medline’ga takroriy ko‘rik, diagnostika, tor soha mutaxassislari konsultatsiyasi va davolanish uchun murojaat qiladilar.Shunday qilib, sportchilar uchun tibbiy yordam to‘liq sikl asosida tashkil etiladi:turnirgacha tekshiruv → arenadagi tibbiy nazorat → jang vaqtida tibbiy yordam → jangdan keyingi ko‘rik → turnirdan keyingi diagnostika va davolash.«Sportchilar salomatligi biz uchun ustuvor ahamiyatga ega»MANGU League prezidenti Jasur Alijanov sportchilarni professional tibbiy kuzatuv bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi:«MANGU League sportchilarimizning salomatligi va xavfsizligiga juda katta mas’uliyat bilan yondashadi. Shu sababli biz uchun jangchilarni turnirgacha, jang vaqtida va undan keyin professional tibbiy yordam bilan ta’minlay oladigan ishonchli hamkor juda muhim.AKFA Medline aynan shunday kompleks yondashuvni ta’minlamoqda. Klinikaga professionalligi, mas’uliyati va sportchilarimizga bo‘lgan e’tibori uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz ushbu hamkorlikni qadrlaymiz va kelgusida ham MANGU League turnirlarini AKFA Medline bilan birgalikda o‘tkazishni rejalashtirganmiz».AKFA Medline uchun MANGU 5 turniridagi ishtirok nafaqat sport tashkiloti bilan hamkorlik, balki professional sportchilar salomatligi va xavfsizligi uchun katta mas’uliyatdir.AKFA Medline MANGU League’ning rasmiy tibbiy hamkori sifatida professional MMA jangchilariga kompleks tibbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi.

AKFA Medline University Hospital nomidan sizlarni Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizning mehnatingiz — bu nafaqat bilim berish, balki kelajak avlod taqdiri uchun ulkan mas’uliyatdir. Aynan sizning sabr-toqatingiz, donoligingiz va kasbingizga sadoqatingiz tufayli kelajakda ilm-fan, tibbiyot va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar shakllanadi.Tibbiyotda ustozning o‘rni ayniqsa beqiyos. Har bir tajribali shifokorning ortida unga bilim bergan, mas’uliyatli qarorlar qabul qilishni o‘rgatgan va eng muhimi, har bir bemorga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni singdirgan ustozlar turadi.Barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, cheksiz kuch-g‘ayrat va minnatdor shogirdlar tilaymiz. Bilim va tajribangiz yangi avlodlarni ulkan yutuqlar sari ilhomlantirishda davom etsin!Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!Hurmat bilan,AKFA Medline University Hospital

AKFA Medline University Hospital’da order orqali davolanish mumkin! Endilikda bemorlar AKFA Medline University Hospital’da order asosida davlat mablag‘lari hisobidan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olishlari mumkin.Order nima?Order — bu bemorga tegishli tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan muayyan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi yo‘llanma. Order asosida bemorlar ajratilgan mablag‘ va belgilangan tibbiy yordam hajmi doirasida zarur tekshiruvlardan o‘tishlari hamda davolanishlari, jumladan, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishlari mumkin.Qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha davolanish mumkin?Bolalar va kattalar uchun:• Kardiojarrohlik• Qon tomir jarrohligi• Urologiya• Otorinolaringologiya (LOR)• OftalmologiyaFaqat kattalar uchun:• Ginekologiya• Ortopediya• Neyrojarrohlik (umurtqa pog‘onasi operatsiyalari)• Umumiy jarrohlikAKFA Medline’da order orqali qanday davolanish mumkin?Tibbiy yordam olish uchun bemor zarur tekshiruvlardan o‘tishi, shifokordan tegishli yo‘llanma olishi va AKFA Medline University Hospital nomiga order rasmiylashtirishi kerak. Order olingandan so‘ng klinika mutaxassislari zarur hujjatlarni, tibbiy ko‘rsatmalarni va ajratilgan davlat mablag‘lari hajmini tekshiradilar. Barcha zarur shartlar tasdiqlangach, bemor klinikamizda belgilangan tibbiy yordam hajmi doirasida davolanishi mumkin.Muhim ma’lumot!Order barcha tibbiy xizmatlar to‘liq bepul bo‘lishini anglatmaydi. Davlat faqat orderda ko‘zda tutilgan tekshiruvlar va davolanish xarajatlarini moliyalashtiradi. Orderga kiritilmagan qo‘shimcha tibbiy xizmatlar uchun alohida to‘lov talab qilinishi mumkin. Muayyan davolash usulini order asosida o‘tkazish imkoniyati bemorning tibbiy ko‘rsatmalari va ajratilgan mablag‘ hisobga olingan holda individual tarzda belgilanadi.Order orqali davolanish haqida batafsil ma’lumot olishni xohlaysizmi?Agar sizda order mavjud bo‘lsa yoki tibbiy yordam olish shartlari haqida ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, AKFA Medline University Hospital’ning orderlar bilan ishlash bo‘yicha bosh menejeriga murojaat qiling. Biz sizga murojaat qilish tartibi, zarur hujjatlar va davolanishning keyingi bosqichlari haqida ma’lumot beramiz.📞 +998 88 495 30 03