
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
21.10.2026

23-oktabr kuni Chirchiq shahrida Toshkentdagi AKFA Medline klinikasining tajribali mutaxassislari ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi. Ushbu tashabbus aholiga malakali tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash hamda bemorlarga o‘z vaqtida zarur tibbiy tavsiyalar berishga qaratilgan.
Bepul tibbiy ko‘riklar davomida fuqarolar quyidagi mutaxassislar maslahatidan foydalanishlari mumkin:
• Neyrojarroh
• Kardiojarroh
• Qon tomir jarrohi
• Urolog
Ko‘rik davomida mutaxassislar bemorlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rganib, zarur tavsiyalar beradilar va keyingi davolanish bosqichlari bo‘yicha yo‘naltiradilar.
AKFA Medline klinikasi ushbu tashabbus orqali sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, aholining salomatligini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.
Tadbir haqida ma’lumot:
📅 Sana: 23-oktabr
📍 Manzil: Chirchiq shahri, Markaziy poliklinika
📞 Ro‘yxatdan o‘tish: +998 71 203-30-03
Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi.