Menyu

Umumiy onkologiya

Bo'lim haqida

Umumiy onkologiya bo‘limi

Onkologik kasalliklarni diagnostika qilish, davolash va kuzatish


Umumiy onkologiya bo‘limida onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarga davolashning barcha bosqichlarida yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Erta bosqichda aniqlangan onkologik kasalliklarda to‘liq sog‘ayish ehtimolini oshirish, shuningdek, zararlangan aʼzoning asosiy funksiyalarini imkon qadar saqlab qolish davolashning muhim maqsadlaridan biridir.


Bo‘lim mutaxassislari

• Murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan onkologik operatsiyalarni bajaradi

• Kimyoterapiya, immunoterapiya yoki target terapiya bo‘yicha individual davolash rejasini ishlab chiqadi

• Kimyoterapiya va operatsiyalardan keyin yuzaga keladigan asoratlarni davolash uchun samarali yondashuvlarni tanlaydi

• Saraton kasalliklarini erta aniqlash maqsadida profilaktik ko‘riklar va skrining tekshiruvlarini o‘tkazadi

• Palliativ va simptomatik yordamni taʼminlaydi


Bajariladigan operatsiyalar va aralashuvlar

• Biopsiyaning barcha turlari

• Sut bezi saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolash

• Teri saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolash

• Jigar saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolash

• Oshqozon saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolash

• Oshqozon osti bezi saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolash

• Ichak saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolash

• Ginekologik aʼzolar o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash

• Qorin bo‘shlig‘i kimyoterapiyasi bilan sitoreduktiv operatsiyalar

• Kichik chanoq ekzentratsiyasi

• Jigar rezeksiyasi

• Tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq boshqa onkologik operatsiyalar


Bo‘lim afzalliklari

Murakkab onkologik operatsiyalar

Uippl operatsiyasi, sitoreduktiv operatsiyalar, kichik chanoq ekzentratsiyasi va jigar rezeksiyasi kabi murakkab jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

Xalqaro mutaxassislar bilan konsiliumlar

Zarurat bo‘lganda yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida bemor holati muhokama qilinadi.

Molekulyar konsilium va tumor board

Kimyoterapiya yoki operatsiyani belgilashdan oldin bemorning holati multidisiplinar yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi.

Statsionarda qulay sharoitlar

Davolanish va tiklanish jarayoni bemor uchun qulay statsionar sharoitida tashkil etiladi.

Bo'lim mudiri

Abdusattorov Ravshan Abduraufovich

Abdusattorov Ravshan Abduraufovich

Onkolog-mammolog

Bo'lim shifokorlari

Qaysi shifokor yoki bo'limga yozilishni bilmayapsizmi?

Sizga mos mutaxassis va davolashni tanlab beramiz. Bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq uchun ariza qoldiring.