
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
21.10.2026

Ona tili — bu shunchaki muloqot vositasi emas. U xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, milliy qadriyatlari va ma’naviy merosining yorqin ifodasidir. 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Ushbu tarixiy sana milliy o‘zligimizni asrab-avaylash va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Biz inson salomatligiga g‘amxo‘rlik o‘zaro tushunish, ishonch va samimiy muloqotdan boshlanishiga ishonamiz. Zero, ona tilida aytilgan birgina iliq so‘z ham insonga xotirjamlik, umid va ishonch bag‘ishlashi mumkin.
AKFA Medline jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ona tilimiz yanada ravnaq topsin, avlodlarni birlashtirib, kelajak uchun bebaho meros bo‘lib qolsin!
O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!