
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
21.10.2026

22-oktabr kuni AKFA Medline klinikasining tajribali shifokorlari Toshkent shahrining Uchtepa tumani aholisi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etadi. Ushbu tashabbus aholiga malakali tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash hamda bemorlarga o‘z vaqtida zarur tibbiy tavsiyalar berishga qaratilgan.
Tadbir davomida fuqarolar quyidagi mutaxassislar ko‘rigidan bepul o‘tishlari mumkin:
• Oftalmolog — ko‘rish qobiliyatini baholash va ko‘z kasalliklarini aniqlash.
• Ortoped — suyak, bo‘g‘im va tayanch-harakat tizimi kasalliklari bo‘yicha maslahat berish.
• LOR shifokori (otorinolaringolog) — quloq, burun va tomoq kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rik o‘tkazish.
Ko‘rik davomida shifokorlar bemorlarning shikoyatlarini o‘rganib, dastlabki tekshiruvlarni o‘tkazadilar hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha diagnostika va davolanish bo‘yicha tavsiyalar beradilar. Muhim jihati: agar tibbiy ko‘rik natijasida bemorga jarrohlik amaliyoti tavsiya etilsa, belgilangan talab va shartlar asosida operatsiyani davlatning imtiyozli sug‘urta dasturi doirasida amalga oshirish imkoniyati mavjud.
AKFA Medline klinikasi bunday tashabbuslar orqali aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kasalliklarning oldini olish va salomatlikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.
Tadbir haqida ma’lumot:
📅 Sana: 22-oktabr
📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 22-sonli oilaviy poliklinika
📞 Ro‘yxatdan o‘tish: +998 71 203-30-03
Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi.