
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
13.10.2026

15-oktabr kuni AKFA Medline University Hospital klinikasining malakali mutaxassislari Yunusobod tumani aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazadi. Sayyor qabul davomida fuqarolar quyidagi mutaxassislardan bepul maslahat olishlari mumkin:
• Kattalar kardiojarrohi — yurak kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolash masalalari bo‘yicha.
• Rossiyalik spinal neyroxirurg — umurtqa pog‘onasi kasalliklari va neyrojarrohlik amaliyotlariga oid masalalar bo‘yicha.
Qabul davomida shifokorlar bemorlarning sog‘lig‘ini baholaydi, mavjud tibbiy xulosalarni o‘rganadi hamda zarur diagnostika va davolash bo‘yicha individual tavsiyalar beradi. Muhim ma’lumot: agar tibbiy ko‘rik natijasida bemorga jarrohlik amaliyoti tavsiya etilsa, belgilangan dastur shartlariga muvofiq, operatsiyani davlat imtiyozli sug‘urtasi doirasida amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Sana: 2026-yil 15-oktabr
Qabul boshlanishi: 09:00
Manzil: Yunusobod tumani, Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 125 11 41
+998 97 740 15 11
Tajribali mutaxassislardan bepul maslahat olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
AKFA Medline University Hospital — sog‘lig‘ingiz ishonchli qo‘llarda!