
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
14.11.2026

AKFA Medline University Hospital Bosh direktori Azimjon Nazirjonovich sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, tibbiyot sohasidagi samarali mehnati, yuksak kasbiy mahorati hamda aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi xizmatlari uchun “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof Azimjon Nazirjonovichning tibbiyot sohasini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi fidokorona mehnatlariga berilgan munosib bahodir.
Mazkur mukofot nafaqat rahbarning shaxsiy yutug‘i, balki butun klinika jamoasi uchun ham katta faxr va quvonchdir.
AKFA Medline University Hospital jamoasi nomidan Azimjon Nazirjonovichni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va tibbiyot sohasi rivoji yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
AKFA Medline University Hospital jamoasi.