Menyu
Uzakov Aziz Dilshadovich

Uzakov Aziz Dilshadovich

Otorinolaringolog

Ish tajribasi: 9 yil

Shifokor haqida ma'lumot

Uzokov Azizbek Dilshodovich

Otorinolaringolog

Yevropa Rinologiya Jamiyati (ERS) xalqaro a'zosi, Oʻzbekiston Otorinolaringologlar Assotsiatsiyasi a'zosi hamda otorinolaringologiya yoʻnalishi boʻyicha xalqaro kongress va simpoziumlar ishtirokchisi. Xorijiy, xususan Amerika endoskopik rinologiya maktabining ilgʻor tamoyillarini ijodiy oʻzlashtirib, amaliyotida muvaffaqiyatli qoʻllab kelmoqda.

Asosiy yoʻnalishi

Funktsional endoskopik sinus jarrohligi (FESS).

Professional ko‘nikmalari

LOR aʼzolari kasalliklarini zamonaviy endoskopik uskunalar yordamida konservativ va jarrohlik usullari bilan diagnostika qilish hamda davolash.

Surunkali tonzillit, adenoidit, rinosinusit, shuningdek ovoz apparatining funksional va organik kasalliklarini zamonaviy usullar asosida tashxislash va davolash.

Burun bo‘shlig‘i va bosh suyagi asosining endoskopik jarrohligi bo‘yicha ixtisoslashgan.

Quyidagi kasalliklar va holatlarni davolash bo‘yicha ixtisoslashgan:

  • Surunkali sinusitlar, jumladan odontogen gaymorit (tish kasalliklari tufayli yuzaga keladigan gaymorit).
  • Poliplar bilan kechuvchi surunkali sinusitlar.
  • Burun bo‘shlig‘i va unga yondosh sohalardagi o‘smalar.
  • Ko‘z yoshi yo‘llari va orbita (ko‘z kosasi) jarrohligi.
  • Halqum patologiyalari.
  • Xurrak va nafas yo‘llari obstruksiyasini zamonaviy DISE (Drug-Induced Sleep Endoscopy) endoskopik diagnostikasi hamda davolash usullari.


Shifokor xizmatlari

Ma'lumot hozircha qo'shilmagan

Ta'lim

🎓 Andijon davlat tibbiyot instituti

2010 - 2017

🎓 Toshkent tibbiyot akademiyasi

2017 - 2020

Malaka oshirish va stajirovkalar

🏆 Sinuslardan bosh suyagi asosigacha: transnazal endoskopik jarrohlik” bo‘yicha xalqaro yozgi maktab.

2017 - 2017

🏆 Yevropa Laringologiya Jamiyatining 11-kongressi

2020 - 2020

🏆 Rinojarrohlik bo‘yicha 52-Graz kursi

2021 - 2021

🏆 FESS, bosh suyagi oldingi asosi jarrohligi va unga yondosh jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha o‘quv kurs.

2021 - 2021

🏆 IFHNOS Jahon turi

2022 - 2022

🏆 Bosh suyagi asosi endoskopik jarrohligi bo‘yicha kurs

2023 - 2023

🏆 UPMCda Observership dasturi

2025 - 2025

Ish jadvali

Dushanba08:30 - 17:00
SeshanbaDam olish kuni
Chorshanba08:30 - 10:00
PayshanbaDam olish kuni
JumaDam olish kuni
ShanbaDam olish kuni
YakshanbaDam olish kuni
⚠️

Shifokorning ish tartibi o'zgarishi mumkin. Qabul vaqtini aniqlashtirish uchun +998 71 203-30-03 raqami orqali call-markazimizga qo'ng'iroq qilishni tavsiya etamiz.

O'xshash shifokorlar