
Sametdinov Narxuja Yo‘ldashevich
Umumiy jarroh
Shifokor haqida ma'lumot
Sametdinov Narxo‘ja Yuldashevich — 25 yildan ortiq ish tajribasiga ega jarroh, AKFA Medline ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Umumiy jarrohlik bo‘limi mudiri.
Umumiy, shoshilinch va laparoskopik jarrohlik, qorin old devori churralarini davolash, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining kolorektal va onkologik jarrohligi, shuningdek zamonaviy robotlashtirilgan jarrohlik texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ixtisoslashgan.
O‘zbekiston, Rossiya va Xitoyning yetakchi klinikalarida, jumladan N.N. Petrov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot onkologiya markazida (Sankt-Peterburg) malaka oshirish va amaliyot o‘tagan.
2025-yildan boshlab «Umumiy jarrohlik» mutaxassisligi bo‘yicha rezidentura dasturiga rahbarlik qilmoqda.
Shifokor xizmatlari
Jarroh konsultatsiyasi
30 daqiqa
240 000 UZS
Ta'lim
🎓 Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti, Toshkent, O‘zbekiston Davolash ishi. Malakasi: shifokor.
1991 - 1997
🎓 Buxoro davlat tibbiyot instituti, Navoiy, O‘zbekiston Umumiy jarrohlik. «Umumiy jarrohlik» mutaxassisligi bo‘yicha internatura.
1997 - 1998
Malaka oshirish va stajirovkalar
🏆 Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti, Toshkent, O‘zbekiston «1.23.14 — Operativ diagnostik endoxirurgiya» dasturi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish (prof. A.M. Xadjibayev rahbarligida).
2012 - 2013
🏆 Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti, Toshkent, O‘zbekiston «Shoshilinch jarrohlik va uni tashkil etishning zamonaviy masalalari» kursi (prof. A.M. Xadjibayev rahbarligida).
2018 - 2018
🏆 Samarqand shahar markaziy kasalxonasi, Samarqand, O‘zbekiston «Old qorin devori churralari va prolapslarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda laparoskopiyaning o‘rni» mavzusidagi mahorat darsi.
2019 - 2019
🏆 «ALPHA» ta’lim markazi, Toshkent, O‘zbekiston «Ommaviy nutq so‘zlash san’ati» mavzusidagi mahorat darsi.
2020 - 2020
🏆 N.N. Petrov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot onkologiya markazi, Sankt-Peterburg, Rossiya «Abdominal onkologiyada endovideojarrohlik» kursi.
2022 - 2022
🏆 N.N. Petrov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot onkologiya markazi, Sankt-Peterburg, Rossiya «Kolorektal saratonni davolash: Olympus texnologiyalari va uskunalari» kursi.
2022 - 2022
🏆 O‘zbekiston Bariatrik va metabolik jarrohlar assotsiatsiyasi, Toshkent, O‘zbekiston O‘zbekiston Bariatrik va metabolik jarrohlar assotsiatsiyasining I Kongressida ishtirok.
2022 - 2022
🏆 Astara–Boku, Ozarbayjon Ozarbayjon-Germaniya-Turkiya tibbiyot kongressi va Boku xalqaro tibbiy seminarlar kunlarida ishtirok.
2023 - 2023
🏆 Edge Medical, Xitoy Edge Medical jarrohlik robotida standart operatsiyalarni bajarish bo‘yicha trening.
2025 - 2025
🏆 Edge Medical, Xitoy Edge Medical jarrohlik robotida standart operatsiyalarni bajarish bo‘yicha trening.
2026 - 2026
Ish jadvali
Shifokorning ish tartibi o'zgarishi mumkin. Qabul vaqtini aniqlashtirish uchun +998 71 203-30-03 raqami orqali call-markazimizga qo'ng'iroq qilishni tavsiya etamiz.


