
Xudoyarov Murod Sarvarovich
Bosh va bo‘yin onkologi
Shifokor haqida ma'lumot
TA’LIM
Oliy
IXTISOSLASHUV XUSUSIYATLARI
Bo‘yin limfodisseksiyasining turli variantlari, total tireoidektomiya parotidektomiya, laringektomiya, hiqildoq rezeksiyasi, hiqildoq-halqum rezeksiyasi teri va bosh-bo‘yin yumshoq to‘qimalari o‘smalarini erkin teri-mushak laxtaklari yordamida nuqsonni almashtirish bilan kesib tashlash burun-halqum o‘smalarini olib tashlash yuqori va pastki jag‘ rezeksiyasi til, lunj, og‘iz bo‘shlig‘i tubi rezeksiyasi turli xil rekonstruktiv-plastik operatsiyalar - teri-mushak laxtaklari yordamida pastki jag‘, og‘iz bo‘shlig‘i va halqumni rekonstruksiya qilish titan metall plastinkalari bilan pastki jag‘ni rekonstruksiya qilish. burun bo‘shlig‘i, qo‘shimcha bo‘shliqlar va bosh suyagi asosi o‘smalarida kengaytirilgan-kombinatsiyalangan jarrohlik aralashuvlari o‘tkaziladi.
MALAKA OSHIRISH
O‘ndan ortiq konferensiyalarda ishtirok etgan. Ularning bir nechtasi xalqaro miqyosda. 2018-yil may oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida "Onkologiyada diagnostika va davolashning yangi strategiyalari" xalqaro ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi. 2022-yil 5-6-may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "Nur tashxisi va davolashning yangi texnologiyalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruza bilan ishtirok etdi.
QO‘SHIMCHA MUKOFOTLAR
Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-yillik erkin PhD talabasi bo‘lib, Seul Milliy universitetida malaka oshirganlik sertifikatiga, shuningdek, bir nechta konferensiyalarning sertifikatlariga egaman. Men ESMO xalqaro onkologik tashkilotlarining a’zosiman. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Onkologlar jamiyati a’zosi AOUz
XALQARO TAJRIBA
2022-yil 01-31-noyabr kunlari Saul Milliy Universitetida (SNUH) malaka oshirdi (Fellowship). 2022-yil 10-15-may kunlari Turkiyaning Istanbul shahridagi Medical Park klinikalar tarmog‘ida o‘qishda bo‘ldim.
Shifokor xizmatlari
Ma'lumot hozircha qo'shilmagan
Ta'lim
Ma'lumot hozircha qo'shilmagan
Malaka oshirish va stajirovkalar
Ma'lumot hozircha qo'shilmagan
Ish jadvali
Shifokorning ish tartibi o'zgarishi mumkin. Qabul vaqtini aniqlashtirish uchun +998 71 203-30-03 raqami orqali call-markazimizga qo'ng'iroq qilishni tavsiya etamiz.

