
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
11.09.2026

Bugun, 11-sentabr kuni AKFA Medline University Hospital’da tibbiyot sohasidagi muhim voqea — Italiyadan turib, Toshkentdagi bemorda masofaviy robotik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Italiyalik mashhur urolog-jarroh Alberto Breda Paduada bo‘la turib, robotik jarrohlik tizimi orqali Toshkentdagi bemorni urologik operatsiya qildi.
Operatsiya davomida Toshkentdagi AKFA Medline klinikasida jarrohga Dilmurod Yunusov assistentlik qildi.
Mazkur amaliyot zamonaviy tibbiy texnologiyalar imkoniyatlarini yana bir bor namoyish etdi. Bugun dunyoning yetakchi mutaxassisi bemordan minglab kilometr uzoqlikda bo‘lsa ham, robotik tizim orqali operatsiya jarayonini boshqarishi mumkin.
Paduadan Toshkentgacha — 4 820 km. Ammo zamonaviy tibbiyotda masofa endi to‘siq emas.
AKFA Medline University Hospital yana bir bor dunyoning ilg‘or tibbiy tajribalarini Toshkentga olib kelish va bemorlarga xalqaro darajadagi davolash imkoniyatlarini taqdim etish yo‘lida muhim qadam tashladi.
Endi sifatli va ilg‘or tibbiy yordam olish uchun har doim ham chet elga borish shart emas.