
Xizmatlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
13.09.2025
O‘zbekistonda ilk bor jarrohlik roboti taqdim etildi

13-sentabr kuni AKFA Medline University Hospital klinikasida O‘zbekiston tibbiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqea bo‘lib o‘tdi. Central Asian University va AKFA Medline universitet klinikasi tarixda ilk bor Residency Orientation Day tadbirini o‘tkazdi hamda bir vaqtning o‘zida mamlakatda birinchi bo‘lgan EDGE MP1000 robotlashtirilgan jarrohlik tizimini taqdim etdi.
_8k38sym.jpg)
Yosh shifokorlar uchun bu kun yangi rezidentura yo‘lining boshlanishiga aylandi — ular klinik baza, ustozlar va zamonaviy ta’lim amaliyotlari bilan tanishdilar. Rezidentlar o‘zlarining ilk ID-kartalarini qo‘lga kiritdilar, shuningdek, kelajakda joriy etishni orzu qilayotgan tibbiy texnologiyalar haqida yozib, ramziy “Shifokor yo‘li kapsulasi”ni yaratdilar.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Tadbir doirasida mehmonlar O‘zbekiston uchun noyob voqeaga guvoh bo‘ldilar — EDGE MP1000 yordamida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotining jonli translyatsiyasi namoyish etildi. Robotlashtirilgan tizim real vaqt rejimida sinovdan o‘tkazildi: uning aniqligi va imkoniyatlari haqiqiy operatsiya jarayonida ko‘rsatilib, samaradorligi yaqqol tasdiqlandi.
.jpg)
.jpg)
Har ikki muhim bosqich — rezidentura dasturining boshlanishi va ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi — CAU va AKFA Medline tomonidan tanlangan umumiy yo‘lni aks ettiradi: yangi avlod shifokorlarini tayyorlash va tibbiyotning jahon yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish uchun sharoit yaratish.
Birinchi rezidentlarimizni tabriklaymiz! Bu kun sizning qat’iyatingiz va mas’uliyatingiz, oldinga intilish va tibbiyotni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi harakatingiz ramzidir. Siz bilan faxrlanamiz va har biringiz katta muvaffaqiyat tarixining bir qismiga aylanasiz, deb ishonamiz.