
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
09.06.2026

Samarqand shahrida navbatdagi MANGU 3 aralash yakkakurash (MMA) turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada professional sportchilar hamda ko‘plab MMA muxlislari jam bo‘ldi.
AKFA Medline klinikasi tadbirning rasmiy tibbiy hamkori sifatida sportchilarni musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ham, turnir davomida ham to‘liq tibbiy kuzatuv va yordam bilan ta’minladi.
Turnir oldidan barcha sportchilar klinikamizda janglarga ruxsat olish uchun majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘riklar amaldagi talablarga muvofiq ravishda o‘tkazilib, sportchilarning sog‘lig‘i hamda bo‘lajak jismoniy yuklamalarga tayyorgarlik darajasini baholashga qaratildi.
Turnir kuni musobaqa hududida AKFA Medline tez tibbiy yordam brigadasi zamonaviy reanimobil bilan navbatchilik qildi. Tibbiy guruh tarkibida travmatologlar, reanimatolog shifokorlar hamda tajribali feldsherlar faoliyat olib bordi va har qanday shoshilinch holatlarda tezkor yordam ko‘rsatishga tayyor turdi.
Turnir davomida jang vaqtida jarohat olgan barcha sportchilarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Mutaxassislar birlamchi ko‘rik o‘tkazib, zarur tibbiy muolajalarni amalga oshirdilar hamda sportchilarning holatini nazorat qilib bordilar.
AKFA Medline uchun bunday sport tadbirlarida ishtirok etish sport rivojiga hissa qo‘shish, shuningdek, professional sportda sog‘liq va xavfsizlik madaniyatini shakllantirishning muhim qismidir.
MANGU 3 turniri tashkilotchilariga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildiramiz. Barcha sportchilarga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatli ishtirok va yangi g‘alabalar tilaymiz!