
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
21.04.2026

Akfa Medline klinikasi Cleveland Clinic delegatsiyasini xalqaro standartlar joriy etilishini monitoring qilish va klinikaning amaldagi darajasini baholash maqsadida ishchi tashrif bilan qabul qildi.
Tashrif davomida delegatsiya klinikaning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishib, tibbiy xizmatlar sifati va infratuzilma darajasini yuqori baholadi. Shuningdek, ular bemorlar, shifokorlar hamda ma’muriy jamoa bilan uchrashib, bevosita fikr-mulohazalar oldi.
Delegatsiya operatsion bloklar va reanimatsiya hamda intensiv terapiya bo‘limlarini ko‘zdan kechirib, zamonaviy tibbiy uskunalar va texnik jihozlanish darajasi bilan tanishdi.
Tashrifning muhim qismi sifatida Akfa Medline’ning Joint Commission International (JCI) xalqaro akkreditatsiyasiga tayyorgarlik jarayonlari, jumladan sifatni boshqarish va bemor xavfsizligini ta’minlash tizimlari o‘rganildi.
Tashrif yakunida delegatsiya klinikada xalqaro standartlar joriy etilishi bo‘yicha sezilarli yutuqlar va katta rivojlanish salohiyatini qayd etdi.
Mazkur tashrif Akfa Medline va Cleveland Clinic o‘rtasidagi barqaror hamkorlikni yana bir bor tasdiqlaydi hamda klinikaning jahon tibbiyot standartlariga mos ravishda rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Michelle Medina, MD
Pediatriya (Cleveland Clinic):
Biz Akfa Medline bilan hamkorlikni o‘tgan yili boshlagan edik va bugungi O‘zbekistonga tashrifimiz xalqaro tibbiyot standartlarini joriy etishni monitoring qilishdagi muhim bosqich hisoblanadi. Biz uchun sifat, bemor xavfsizligi va samaradorlik standartlari amaliyotda qanday qo‘llanilayotganini ko‘rish juda muhim.
Klinikada sezilarli rivojlanish va jamoaning transformatsiya jarayonlariga yuqori darajada jalb etilganini qayd etamiz.
Murod Axrorov, Social yo‘nalishi bo‘yicha bosh loyiha menejeri (Akfa Medline):
Ushbu tashrif oddiy ishchi uchrashuv emas, balki Cleveland Clinic bilan hamkorligimiz izchil va tizimli rivojlanayotganining tasdig‘idir. Biz allaqachon eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni joriy etib, ularni mahalliy bozorga moslashtirmoqdamiz.
Yaqin yillarda Toshkent shahrida mintaqadagi eng zamonaviy tibbiyot markazlaridan biriga aylanishi kutilayotgan CAU Hospital yangi klinika qurilishini yakunlashni rejalashtirmoqdamiz.