
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
27.08.2026

2026-yil 25–26-avgust kunlari Toshkent shahridagi AKFA Medline University Hospital bazasida Birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik tadbir olti davlatdan 150 nafardan ortiq ishtirokchini — tibbiyot muassasalari rahbarlari, davlat idoralari vakillari, xalqaro ekspertlar, shifokorlar, sug‘urta kompaniyalari, tibbiy turizm agentliklari va biznes vakillarini bir maydonda jamladi.
Forumning AKFA Medline maydonida o‘tkazilishi klinikaning yuqori xalqaro maqomi hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda tibbiy turizmni rivojlantirishdagi muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.

Forum tibbiy turizm, tibbiy xizmatlar eksporti va xorijiy bemorlarga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilish uchun professional platformaga aylandi.
Forumning tantanali ochilish marosimida AKFA Medline University Hospital bosh direktori Azimjon Tursunkulov, forum tashkilotchisi Larisa Naumenko, Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, diplomatik va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.
Azimjon Tursunkulov o‘zining kirish nutqida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni joriy etish va davolanish uchun boshqa mamlakatlardan tashrif buyuradigan bemorlar uchun zamonaviy infratuzilma yaratish muhimligini ta’kidladi.
Forumning ishbilarmonlik dasturidan yalpi majlislar, ekspertlar ma’ruzalari, panel muhokamalari, B2B uchrashuvlari va professional netvorking o‘rin oldi. Ishtirokchilar tibbiyot muassasalarining xalqaro akkreditatsiyasi, sog‘liqni saqlash sohasining raqamli transformatsiyasi, bemorlar xavfsizligi, xizmatlarning madaniy moslashuvi hamda klinikalarning tibbiy agentliklar va sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildilar.
Forum dasturida bugungi kunda O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan yuqori texnologiyali tibbiyot yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
AKFA Medline mutaxassislari klinikaning quyidagi yo‘nalishlardagi imkoniyatlarini taqdim etdilar:
AKFA Medline ginekologiya bo‘limi mudiri Rozikul Fozilbekov robot-assistentli jarrohlikning tibbiy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni haqida ma’ruza qildi. Kattalar kardiojarrohligi bo‘limi mudiri Maksud Murodov murakkab yurak kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini taqdim etdi.
Ortopediya va travmatologiya bo‘limi mudiri Abduaziz Babakulov xorijiy bemorlar uchun yuqori texnologiyali ortopediyaning yangi imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. Spinal neyrojarrohlik bo‘limi mudiri Vladislav Kelmakov esa kam invaziv endoskopik texnologiyalar tiklanish muddatini qanday qisqartirishi va boshqa davlatlardan kelgan bemorlar uchun jarrohlik amaliyotlarini yanada qulay qilishi haqida ma’lumot berdi.

Forumning asosiy mavzularidan biri tibbiyot tashkilotlariga bo‘lgan ishonch masalasi bo‘ldi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, xalqaro akkreditatsiya, davolash xavfsizligi, jarayonlarning shaffofligi va yuqori darajadagi xizmat xorijiy bemorlarning klinika tanlashidagi asosiy mezonlar hisoblanadi.
AKFA Medline University Hospital — O‘zbekistondagi JCI xalqaro akkreditatsiyasiga ega yagona xususiy klinika. Ushbu maqom klinikadagi tibbiy jarayonlar, xizmat sifati va bemorlar xavfsizligi xalqaro talablarga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.
2017-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan klinika robotik jarrohlik, MRT, MSKT, angiografiya, zamonaviy operatsion bloklar, reanimatsiya va klinik-diagnostika laboratoriyasini o‘z ichiga olgan ilg‘or texnologik bazaga ega. AKFA Medline’da turli mutaxassisliklar bo‘yicha 150 nafardan ortiq shifokor faoliyat yuritadi.
26-avgust kuni forum ishtirokchilari AKFA Medline University Hospital faoliyati va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida mehmonlarga operatsion blok, statsionar bo‘limlar, diagnostika markazi va reanimatsiya bo‘limi namoyish etildi.
Ishbilarmonlik dasturi yakunida davra suhbati tashkil etildi. Unda istiqbolli qo‘shma loyihalar, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xalqaro bemorlarni yo‘naltirishning yangi yo‘nalishlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi O‘zbekistonning diagnostika, davolash, jarrohlik va reabilitatsiya xizmatlarini taklif etuvchi istiqbolli yo‘nalish sifatidagi salohiyatini namoyish etdi.
Forumning AKFA Medline bazasida o‘tkazilishi mamlakat tibbiyotining xalqaro nufuzini mustahkamlash, professional aloqalarni kengaytirish va O‘zbekistonning yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarini xorijiy bozorlarda ilgari surish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
AKFA Medline xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston va boshqa davlatlardan keladigan bemorlar uchun xavfsiz va qulay tibbiy muhit yaratishni davom ettiradi.