
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
22.04.2026

Keles shahrida yetakchi mutaxassislar ishtirokida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi.
Ushbu aksiya doirasida siz 1 kun ichida 5 nafar tor soha shifokorlaridan bepul maslahat olib, sog‘lig‘ingizni kompleks tekshirtirishingiz mumkin.
Siz nimalarga ega bo‘lasiz:
✔ 5 nafar mutaxassis konsultatsiyasi
✔ sog‘liq holatining kompleks bahosi
✔ davolash va profilaktika bo‘yicha tavsiyalar
✔ vaqt tejaladi — hammasi bir joyda
Qabul olib boradi:
• neyroxirurg (vertebrolog)
• qon-tomir jarrohi
• gastroenterolog/gepatolog
• ortoped-travmatolog
• bolalar kardioxirurgi
❤️ Muhim: aksiya doirasida bolalar kardioxirurgi “Sen yashaysan” dasturi asosida bepul operatsiya uchun bemorlarni saralab oladi.
Mazkur tashabbus tug‘ma yurak nuqsoni aniqlangan bolalari bor oilalarga yordam berishga qaratilgan.
Dastur doirasida muhtoj bolalar uchun bepul operatsiyalar amalga oshiriladi.
Agar farzandingizda shubha mavjud bo‘lsa yoki tashxis qo‘yilgan bo‘lsa — albatta ushbu imkoniyatdan foydalaning.
⚠️ Joylar soni cheklangan — qabul faqat oldindan yozilish orqali amalga oshiriladi
Sana: 24-aprel (faqat 1 kun)
Vaqt: 09:00 dan boshlab
Manzil: Keles shahri, Markaziy poliklinika
📞 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting, qabulni kafolatlang
Call markaz: +998 71 203 30 03
Telegram: +998 97 772 11 41
Menejer: +998 97 125 11 41