
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
14.05.2026

Bugun klinikamizga Markaziy Osiyo Jahon banki delegatsiyasi faoliyatimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari o‘zlarining mahalliy va xorijiy xodimlari uchun ishonchli hamda xalqaro standartlarga mos tibbiy hamkor izlayotganini ta’kidladi.

Tashrif davomida mehmonlarga klinikaning zamonaviy infratuzilmasi, xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimi hamda bemorlarga yaratilgan qulayliklar taqdim etildi. Delegatsiya klinika faoliyatining ko‘lami, tibbiyot xodimlarining yuqori malakasi, bino ichidagi navigatsiya tizimi, statsionar bemorlar uchun tashkil etilgan “yashil yo‘lak”, tarjimon va koordinatorlar xizmati, zamonaviy dorixona hamda 24/7 faoliyat yurituvchi call-markaz ishini alohida e’tirof etdi.

Muzokaralarda delegatsiya tomonidan — Jahon bankining bosh tibbiy mutaxassisi Petko Serbezov hamda xavfsizlik bo‘yicha bosh mutaxassis Amirjon Madaminov, klinika tomonidan esa shifokor va sug‘urta masalalari koordinatori Kristina Maxmudova hamda Tijorat ishlari bo‘yicha direktor Shavkat Muxamedov ishtirok etdi.Tomonlar sug‘urta asosida tibbiy xizmat ko‘rsatish va uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

🎤 Petko Rusev Serbezov:
“Klinikada JCI xalqaro standartlari asosida yo‘lga qo‘yilgan tizim va bemor xavfsizligiga bo‘lgan yondashuv bizda katta taassurot qoldirdi. Xizmat sifati xalqaro darajada tashkil etilgan.”
🎤 Shavkat Muxamedov:
“Biz uchun har bir bemorning xavfsizligi va qulayligi ustuvor hisoblanadi. Xorijiy fuqarolar uchun alohida koordinatorlar, tarjimonlar va to‘liq hamrohlik tizimi tashkil etilgan bo‘lib, bu ularga klinikada o‘zini ishonchli va erkin his qilish imkonini beradi.”