
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
01.10.2026

AKFA Medline University Hospital nomidan sizlarni Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning mehnatingiz — bu nafaqat bilim berish, balki kelajak avlod taqdiri uchun ulkan mas’uliyatdir. Aynan sizning sabr-toqatingiz, donoligingiz va kasbingizga sadoqatingiz tufayli kelajakda ilm-fan, tibbiyot va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar shakllanadi.
Tibbiyotda ustozning o‘rni ayniqsa beqiyos. Har bir tajribali shifokorning ortida unga bilim bergan, mas’uliyatli qarorlar qabul qilishni o‘rgatgan va eng muhimi, har bir bemorga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni singdirgan ustozlar turadi.
Barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, cheksiz kuch-g‘ayrat va minnatdor shogirdlar tilaymiz. Bilim va tajribangiz yangi avlodlarni ulkan yutuqlar sari ilhomlantirishda davom etsin!
Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
AKFA Medline University Hospital