
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
04.05.2026

Ushbu aksiya doirasida aholi 5 nafar tor soha mutaxassislaridan bepul maslahat olib, o‘z sog‘lig‘ini kompleks tekshirtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbir davomida quyidagi mutaxassislar qabul olib bordi:
• kattalar kardiologi
• qon-tomir jarrohi
• oftalmolog
• ortoped-travmatolog
• bolalar kardioxirurgi
Ko‘rik natijasida ko‘plab bemorlarga aniq tashxis qo‘yilib, individual davolash va profilaktika bo‘yicha tavsiyalar berildi.
❤️ Ayniqsa, bolalar kardioxirurgi tomonidan “Sen yashaysan” dasturi doirasida tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar saralab olindi. Ular keyingi bosqichda bepul operatsiya uchun yo‘naltiriladi.
Mazkur tashabbus aholi salomatligini mustahkamlash va ehtiyojmand bemorlarga amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Barcha ishtirokchilarga va tashrif buyurgan fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz!