
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
10.07.2026

Forum o'tkazilish sanalari:2026-yil 25–26-avgust
O'tkazilish joyi: AKFA Medline University Hospital, Toshkent
AKFA Medline University Hospital xususiy tibbiyot muassasalari rahbarlari, tibbiyot sohasi vakillari, tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilari, farmatsevtika kompaniyalari, sug'urta tashkilotlari, banklar, IT-kompaniyalar hamda soha ekspertlarini Tibbiy turizm bo'yicha Birinchi xalqaro forumda ishtirok etishga taklif etadi.
Forum mintaqadagi eng yirik professional maydonlardan biri bo'lib, O'zbekiston, Rossiya, Qozog'iston, Belarus, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Tojikiston, Armaniston, BAA va boshqa davlatlardan 100 nafardan ortiq xususiy klinikalar, tibbiyot markazlari va tibbiy turizm operatorlari rahbarlarini birlashtiradi.
"JCI – ishonchning oltin standarti: bemorlar va hamkorlar uchun yangi ufqlar"
Forum davomida tibbiy turizmni rivojlantirish, xalqaro sifat standartlari, sog'liqni saqlashni raqamlashtirish, xususiy tibbiyot rivoji hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Forumda quyidagi yetakchi tibbiyot muassasalari ishtirokini tasdiqlagan:
Hamkor kompaniyalar o'z mahsulot va xizmatlarini mintaqaning yetakchi klinikalari rahbarlariga taqdim etish, to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazish, yangi biznes aloqalarini yo'lga qo'yish hamda tibbiy turizm bozoridagi o'rnini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
AKFA Medline University Hospital — O'zbekistondagi yetakchi xususiy universitet klinikasi va mamlakatdagi JCI xalqaro akkreditatsiyasiga ega yagona xususiy klinika hisoblanadi.
Shuningdek, AKFA Group va Central Asian University Cleveland Clinic Connected hamkorligida Central Asian University Hospital loyihasini amalga oshirmoqda. Mazkur loyiha Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy tibbiyot markazlaridan biriga aylanadi.
Forum dasturi va hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun Tashkiliy qo'mita bilan bog'laning.
Telefon / Telegram / WhatsApp: +998 (97) 125-11-41
E-mail: s.mukhamedov@akfamedline.uz
Joylar soni cheklangan.