
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar
27.08.2026

Andijon shahrida aralash jang san’atlari bo‘yicha “Mangu 4” MMA turniri muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqaning to‘liq tibbiy ta’minoti va sportchilar salomatligini nazorat qilish vazifasi AKFA Medline University Hospital tibbiy jamoasi zimmasida bo‘ldi.

Turnirdan oldin barcha jangchilar AKFA Medline klinikasida kompleks tibbiy tekshiruv — check-updan o‘tkazildi. Tekshiruvlar sportchilarning umumiy salomatligini baholash va ularning jangda ishtirok etishga tayyorligini aniqlash maqsadida amalga oshirildi.
Har bir jangchi oktagonga chiqishidan oldin AKFA Medline shifokorlari tomonidan qayta ko‘rikdan o‘tkazildi. Mutaxassislar sportchilarning arterial qon bosimi, yurak urish tezligi va tana haroratini o‘lchab, umumiy holatini nazorat qildilar.
Musobaqa davomida arena hududida zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlangan AKFA Medline reanimobili navbatchilik qildi. Tibbiy jamoa ehtiyoj yuzaga kelgan taqdirda tezkor yordam ko‘rsatish va sportchini klinikaga yetkazishga doimo tayyor turdi.

MMA yuqori jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik va katta mas’uliyat talab qiladigan sport turi hisoblanadi. Shu sababli bunday musobaqalarda malakali tibbiyot mutaxassislari va maxsus reanimobilning ishtiroki sportchilar xavfsizligini ta’minlashning muhim shartlaridan biridir.
Shifokorlarning professionalligi, zamonaviy tibbiy yondashuvi va shoshilinch vaziyatlarda tezkor harakat qilish tajribasi turnirning xavfsiz o‘tkazilishiga xizmat qildi.
“Mangu 4” turniridagi ishtirok AKFA Medline va Mangu Professional League o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir muhim bosqichi bo‘ldi. Klinika kelgusida ham yirik sport tadbirlarini tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sportchilar salomatligini asrash va sport tibbiyotini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.
AKFA Medline — sog‘liq, xavfsizlik va professional tibbiy yordam doimo birinchi o‘rinda.