Ramazon oyi — o‘zingiz va sog‘lig‘ingiz haqida g‘amxo‘rlik qilish vaqti
Muqaddas Ramazon oyi — bu o‘zingiz, sog‘lig‘ingiz va yaqinlaringiz haqida qayg‘urish davridir.
Agar sizni doimiy bel yoki bo‘yin og‘rig‘i, oyoq yoki qo‘lga o‘tuvchi sanchiq og‘riqlar bezovta qilsa, og‘riq ishlashga, uxlashga va tinch yashashga xalaqit berayotgan bo‘lsa — muammoni hal qilishning ayni vaqti.
Klinikamizda vertebrologiya yo‘nalishi bo‘yicha davolovchi blokada muolajasiga –50% chegirma e’lon qilinadi.
Muolajani umurtqa pog‘onasi neyroxirurgi
Aripxo‘jayev Fuzuliddin Ziyavutdinovich
amalga oshiradi.
Ish tajribasi — 23 yil.
Qachon blokada zarur bo‘ladi?
- Umurtqalararo disk churrasi
- Osteoxondroz
- Nerv siqilishi
- Radikulit
- Surunkali bel va bo‘yin og‘rig‘i
- Oyoq yoki qo‘lga tarqaluvchi og‘riq
Agar siz og‘riq qoldiruvchi dorilar, surtma va ukollarni qo‘llagan bo‘lsangiz, ammo og‘riq yana qaytaversa — bu muammoni professional davolash kerakligining belgisidir.
Davolovchi blokada nimani beradi?
✔ O‘tkir og‘riqni tez kamaytiradi
✔ Yallig‘lanishni pasaytiradi
✔ Erkin harakat qilish imkonini beradi
✔ Normal hayotga qaytishga yordam beradi
Muolaja zamonaviy kam invaziv usulda, mutaxassis nazorati ostida, xavfsiz va yuqori aniqlik bilan amalga oshiriladi.
📞 Qabulga yozilish: 71 203 30 03
Ta’lim va xalqaro tajriba
- 1993 yilda Birinchi Toshkent tibbiyot institutini “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan
- Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tahsil olgan
- 14-son Bolalar shahar shifoxonasida bolalar anesteziolog-reanimatologi sifatida internatura o‘tagan
- Scott & White Clinic (AQSh) — ambulator anesteziologiya
- Medical University of South Carolina (AQSh) — opioid qaramligini davolash (sertifikat)
- Weill Cornell Medicine — reabilitatsion tibbiyot bo‘yicha seminar (Zaltsburg, Avstriya)
- Delhi Pain Management Center (Hindiston) — og‘riqni kam invaziv davolash
- Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti — klinik anesteziologiya, pediatriyada EKG, manual terapiya
- Travmatologiya va ortopediya bo‘yicha ixtisoslashuv
- “Ignaterapiya asoslari” kursi (Toshkent)
Asosiy yo‘nalishlar
- Umurtqalararo disk churrasini jarrohlik yo‘li bilan davolash
- Umurtqa kanali stenozi
- Spondilolistez
- Umurtqa beqarorligi
- Travmalardan keyingi holatlar
- Osteoxondrozni kam invaziv davolash
- Og‘riq sindromlarini interventsion davolash
- Operatsiyalarni anesteziologik kuzatuv